Epic Games ikkita o‘yinni 13 avgustgacha bepul va butunlay ulashyapti!

  •   DiMaX
  •  853
  •  07.08.2020 18:35

Epic Games ikkita o‘yinni 13 avgustgacha bepul va butunlay ulashyapti!

Koronavirus pandemiyasi sababli kishilar uyda zerikib qolmasliklari uchun turli o‘yinlarni bepul taklif etish an’anasi davom etmoqda. Jumladan, keyingi paytlarda ko‘p saxovat ko‘rsatayotgan Epic Games do‘konidan to keyingi haftaning payshanbasigacha yana ikkita o‘yinni butunlay olib qo‘yishingiz mumkin.

O‘QING: Epic Games Store tekinga tarqatgan o‘yinlarning asl narxini bilasizmi?

Ulardan birinchisi Wilmot’s Warehouse nomli boshqotirma bo‘lib, unda geymerlarga omborchi rolida o‘ynash taklif etiladi. Uning ishi bir qaraganda juda oddiy tuyuladi – buyumlarni saralab joylab chiqish. Lekin bu ayrimlar o‘ylagandek «bolalarbop ermak» emas – ishga kirishsangiz buni o‘zingiz anglab yetasiz. Metacritic resursida foydalanuvchilar o‘yinni uchun 10 balldan 8,4 ballga baholashgani bejiz emas.

Wilmot’s Warehouse o‘yinini ushbu havola orqali uning sahifasiga o‘tib, «Poluchit» tugmachasini bosasiz.

O‘QING: 2020 yilning birinchi yarmidagi eng zo‘r 20 ta o‘yin

Vaqtincha tekinga tarqatilayotgan ikkinchi o‘yin esa uquvsiz dasturchilar haqida. 3 out of 10, EP 1: Welcome To Shovelworks nomli bu o‘yin-komediya o‘z ishini yaxshi eplay olmaydigan o‘yinsoz dasturchi sarguzashtlariga bag‘ishlanadi.

3 out of 10, EP 1: Welcome To Shovelworks hazilnamo o‘yinini mana bu havola orqali tegishli sahifaga kirib, «Poluchit» tugmachasi orqali yuklab olasiz.

Faqat yodda tuting: yuqoridagi har ikkala o‘yinning bepul tarqatilish muddati 13 avgustgacha davom etadi. Shungacha ularni olib qo‘yishga ulgursangiz, keyin istagan paytingiz bepul o‘ynayversiz.

O‘QING: Tetris o‘ynab, har kuni 5 ming dollar yutib olish mumkin! (+video)