Epic Games Store 22 iyulgacha ikkita o‘yinni bepul tarqatyapti

Epic Games Store 22 iyulgacha ikkita o‘yinni bepul tarqatyapti

Epic Games Store o‘yinlarni bepul taqdim etishda davom etmoqda, bu safar foydalanuvchilarga Bridge Constructor: Walking Dead and Ironcast o‘rnini bosuvchi  Obduction va Offworld Trading Company'ni yuklab olish taklif etilmoqda.

O‘QING: Fortnite foydalanuvchilari o‘zga sayyoraliklar hamlasiga uchradi! (+video)

Obduction — bu Cyan Worlds tomonidan ishlab chiqilgan, birinchi shaxsda o‘ynaluvchi ilmiy-fantastik o‘yin. O‘yin Kickstarter'da 1,3 million dollar yig‘gan va 2016 yilda chiqqan. U Myst (1991) va Riven (1997) ning davomchisidir. Obduction, shuningdek, virtual reallik minigarnituralarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Offworld Trading Company — bu Marsda real vaqtda o‘ynaladigan ilmiy-fantastik strategiya o‘yni. O‘yin sabotaj, dushmanlik bilan egallab olish va boshqalardan iborat iqtisodiy janglardan iborat. Offworld Trading Company o‘yni Civilization IV yetakchi dizayneri Soren Jonson rahbarligida yaratilgan.

Epic Games Store Windows va macOS uchun Obduction hamda Windows uchun Offworld Trading Company'ni taklif qilmoqda. Ushbu o‘yinlarni yuklab olishni xohlovchilar 22 iyulga qadar ulgurib qolishlari kerak.

Batafsil: Epic Games Store.

O‘QING: Apple bloklagan Fortnite o‘yinini iPhone va iPad’larga qaytarish yo‘li topildi!