Epic Games Store tekinga tarqatgan o‘yinlarning asl narxini bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  1831
  •  19.05.2020 13:40

Epic Games Store tekinga tarqatgan o‘yinlarning asl narxini bilasizmi?

Turli o‘yin studiyalari va do‘konlari koronavirus pandemiyasi tufayli karantin sharoitida kishilar uylarida qolishlari uchun o‘z mahsulot va tovarlarini bepul tarqatishmoqda. Lekin o‘sha o‘yinlar aslida qancha turishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

O‘QING: GTA 5 fanatlari, davringiz keldi – uni butkul bepul olib qo‘ying! (+video)

PCGamesN nashri jurnalistlari Epic Games Store o‘yin do‘koni ishga tushganidan buyon geymerlarga bepul bergan barcha o‘yinlarning umumiy qiymatini hisoblab chiqishdi. Aytish kerakki, mazkur servis 2018 yilning 6 dekabridan ish boshlagan va hozirgacha turli o‘yinlarni tekinga tarqatish aksiyalarini o‘tkazib kelayotir.

Xullasi kalom, EGS shu kungacha geymerlarga jami 108 ta o‘yinni bepul berganligi ma’lum bo‘ldi. Ularning umumiy narxi esa 2140,94 AQSh dollariga to‘g‘ri kelar ekan – o‘yin industriyasi hali bunaqa saxovatga guvoh bo‘lgan emas!

Bu saxovat Epic Games kompaniyasining o‘zi uchun qanchaga tushganini esa bilishning imkoni yo‘q. O‘yinsozlar o‘zlarining mahsulotlarini bepul berishdan manfatdor emaslar; shunday ekan, kompaniya ular bilan qandaydir hamkorlik shartnomasi tuzgan. Ehtimol pulli o‘yinlarning har bir bepul yuklab olinishi uchun uning narxini o‘z yonidan to‘lagandir, balki bir martalik gonorar bilan dasturchilarni rozi qilgandir.

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.