Epson ixcham mini-kompyuterni sotuvga chiqaradi

Epson ixcham mini-kompyuterni sotuvga chiqaradi

Epson firmasi 0,74 litr sig‘imli korpusda ishlangan Epson Endeavor ST20E nomli mini-kompyuterni namoyish qildi, deb xabar bermoqda PHP nashri.

Epson Endeavor ST20E qurilmasi 615 dollar atrofida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Gadjetning o‘lchamlari – 150 x 150 x 33 mm. Unga passiv rejimda sovutiladigan  CPU Intel Celeron N3160 protsessori o‘rnatilgan, 2 GBdan 8 Gbgacha operativ xotira joylash imkoniyati mavjud. Fayllarni saqlash uchun 500 GBli HDD yoki 1 TBli SSD-to‘plagichdan foydalanish mumkin.

Gadjetni diskretli 3D-karta ko‘zda tutilmagan. Gigabit Ethernet, USB 3.0 (x4), USB 2.0, HDMI va VGA interfeyslarini qo‘llab-quvvatlaydi. Mini-kompyuterga Windows 10, Windows 8.1 va hatto Windows 7 operatsion tizimlarini o‘rnatish mumkin.