EQC 400 4Matic: Mercedes-Benz ilk elektr krossoverini namoyish qildi

  •   Saroy
  •  1787
  •  05.09.2018 17:46

EQC 400 4Matic: Mercedes-Benz ilk  elektr krossoverini namoyish qildi

Mercedes-Benz o‘zining birinchi elektrokrossoveri haqida ma’lum qildi. Yangi avtomobil EQC 400 4Matic, deb nomlandi. Mashina futuristik dizaynga ega. Elektrokaraning dastlabkilari hali beri savdoga chiqarilmaydi.

Mercedes-Benz EQC 400 4Matic ikkita  elektrodvigatel bilan ta’minlangan. Ular 402 ot kuchiga ega. Krossover yuz kilometr tezlikka  4,9 soniyada chiqa oladi. Bortida  80 kVt soatlik akkumulyator joylashgan. Muhandislarning ta’kidlashicha, bu mashinaning bitta zaryadka bilan 320 km yo‘l bosishiga yetadi, ammo 450 kilometrga  yetkazish imkoni ham bor.  Elektrokara  110 kVt bo‘lgan istalgan stansiyada quvvat olishi mumkin.  40 daqiqada batareya 80 foizgacha zaryadlanadi.

O‘QING:Chrysler Portal – yo‘lovchilar yuzi va ovozini taniydigan elektromobil

Elektrokrossoverning ichida ikkita 10 dyuymli displey bor. U funksional panelning va priborlar panelining o‘rnini bosadi. Yana ovozli yordamchi,  sensorlar, datchiklar va boshqa ko‘plab to‘ldiruvchi elektronikalar bilan ta’minlangan. Bularning barchasi haydovchi va yo‘lovchi hayotini yengillatishga qaratilgan.

O‘QING:Mercedes-Benz eCitaro elektroavtobusi namoyish qilindi

Yanayam batafsilroq ma’lumotlarni yangi mashina yo‘lga chiqqandan keyin olish mumkin. Ammo, bu 2020 yildan oldin ro‘y bermaydi.  Mercedes-Benz EQC 400 4Matic ommaviy ravishda 2019 yilda Germaniyaning Bremen shahrida ishlab chiqarila boshlaydi. Narxi haqida hech narsa deyilmayapti.

O‘QING:Uniti One: tirbandlikdan qo‘rqmaydigan elektromobil

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.