Yer yuziga bepul internet tarqatish uchun yana 60 ta yo‘ldosh orbitaga chiqarildi

  •   DiMaX
  •  1537
  •  04.06.2020 13:01

Yer yuziga bepul internet tarqatish uchun yana 60 ta yo‘ldosh orbitaga chiqarildi

Tesla hamda SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask fazoviy sayyohlik va Marsni egallashni rejalashtirgan. Nafaqat bular, balki u Starlink loyihasi doirasida butun Yer yuzini tekin internet bilan ta’minlashni ham niyat qilgan.

O‘QING: Angliya va Ukraina aholisini qo‘rqitgan «NUJ»larni kim yuborgandi aniqlandi! (+ikkita «jonli» video)

Payshanba, 4 iyun kuni Falcon 9 raketa-tashuvchisi SpaceX kompaniyasining navbatdagi 60 ta mini-yo‘ldoshini Yer orbitasi quyi qatlamiga olib chiqdi. Ular Starlink internet tizimini yo‘lga qo‘yishda qo‘llanadi, deb yozadi Xabar.uz.

Har bir sun’iy yo‘ldoshning og‘irligi 260 kilogrammdan bo‘lib, SpaceX muhandislari tekshiruvidan so‘ng ular o‘z ion dvigatellari yordamida 550 kilometr balandlikdagi orbitaga chiqadi.

SpaceX o‘z yo‘ldoshlari bilan sayyoramizning istalgan burchagida keng polosali internetni ta’minlay oluvchi global tizimni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Hozir kompaniyaning yo‘ldoshlar guruhidagi kosmik apparatlar soni 480 taga yetdi. 2019 yilning may oyidan beri jami sakkizinchi marta yo‘ldoshlar orbitaga chiqarildi.

Ilon Mask rejasiga ko‘ra, butun Yer kurrasini to‘laqonli internet bilan qoplash uchun dastlabki bosqichda 12 mingta mini-yo‘ldosh kerak (keyinchalik ularning sonini 30 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan).

Loyihaga hammasi bo‘lib 10 milliard dollar mablag‘ tikilgan.

O‘QING: Ilon Mask shu yiliyoq odamlarni kiborgga aylantira boshlaydi! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.