Erkaklar uchun emas: Xiaomi Civi 2 rasman taqdim qilindi

Erkaklar uchun emas: Xiaomi Civi 2 rasman taqdim qilindi

Bir necha kunlik tizerlardan so'ng, Xiaomi o'zining Civi 2 smartfonini Xitoyda rasman namoyish qildi. Kompaniyaning "eng chiroyli" deb ta'rif beriladigan smartfoni ko'proq ayollar uchun mo'ljallangan bo'lib, u yangicha dizayn va bir qancha texnik xususiyatlar yaxshilanishlariga ega. Avvalgi Civi smartfonlari kabi Civi 2 ham ingichka (7.23 mm) va yengil (171,8 gramm) tanaga ega. 

Civi 2 old tomonida Apple'ning yangi iPhone 14 Pro smartfonlarida bo'lgani kabi tabletka dori shaklidagi tirqishga ega va uning ichida 2 ta selfi kamera joylashgan. Ularning asosiysi avtofokus, yana boshqasi 100 gradusli ultra-keng linza bo'lib, ikkovi ham Samsung'ning 32 megapikselli S5K3D2 kamera sensorlaridir.

Orqa tomonda esa smartfon to'rtburchak kamera oroliga ega. Uning ichida esa ikkita kamera sensorlarini o'z ichiga olgan bitta katta va qo'shimcha kamera moduli bilan LED chiroq mavjud. Kameralarning asosiysiga Sony'ning 50 megapikselli IMX766 sensori, ikkinchisiga 20 megapikselli Sony IMX376K sensori, uchinchisiga esa 2 megapikselli GalaxyCore GC02M1 makro sensori o'rnatilgan.

Smartfon 6.55 dyuymli, 2400x1080 piksel zichligi va 120 gertsli yangilanish tezligiga ega OLED displey bilan jihozlangan bo'lib, u Corning Gorilla Glass 5 bilan himoyalangan. Qurilmaning kapoti ostida Qualcomm'ning Snapdragon 7 Gen 1 chipseti o'rnatilgan va u Android 12'ga asoslangan MIUI 13'da ishlaydi. Uning 4,500 mA/s batareyasi 67 Vt tezlikda USB-C porti orqali quvvatlanadi. Ulanish bo'yicha, telefon ikkilik SIM-karta, 5G, Wi-Fi 6, Bluetooth 5.2 va NFC'ni qo'llab-quvvatlaydi.

Xiaomi Civi 2 pushti, havorang, qora va Hello Kitty bilan hamkorlikda oq ranglarda sotuvga chiqariladi. Narxlar quyidagicha:

8GB + 128GB – ¥2,399 ($335)
8GB + 256GB – ¥2,499 ($350)
12GB + 256GB – ¥2,799 ($390)

Xiaomi smartfonning Xitoydan tashqariga chiqarilishini hali tasdiqlamadi, lekin mish-mishlarga ko'ra, smartfon Xiaomi 12 Lite NE nomi ostida global bozorga chiqarilishi mumkin.

O'QING: Xiaomi 13 Pro qanchalik tez zaryadlanishi ma’lum bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!