ERKAKLAR vs AYoLLAR: onlayn savdoda kim serxarajat?

  •   DiMaX
  •  680
  •  27.07.2020 10:00

ERKAKLAR vs AYoLLAR: onlayn savdoda kim serxarajat?

Koronavirus pandemiyasi sharoitida ko‘p narsalar qatori xaridlar ham onlayn usulga o‘tib ketdi. Xo‘sh, bunda internet orqali kimlar – erkaklar yoki erkaklar ko‘proq xarid qilishiga hech qiziqib ko‘rganmisiz?

O‘QING: Internet orqali AirPods buyurtma qilgan qizga o‘z boshi kattaligidagi quloqchin yetib keldi!

«Russkiy Standart» bankining navbatdagi tadqiqoti natijalari bunga aniqlik kiritadi, deb yozadi RIAN. Mazkur bank 2020 yilning birinchi yarmida bank kartalari orqali onlayn va oflayn operatsiyalar holatini ma’lum qilgan.

Bank ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik erkaklar internet orqali xaridlarga ayollardan ko‘ra 30 foizga ko‘proq pul sarflashar ekan. «Transport va sayohat» bo‘limidagi barcha operatsiyalarning 53 foizi erkaklar hissasiga to‘g‘ri kelgan. «Xobbi» bo‘limida erkaklar xarajatlari ayolllarnikidan 60 foizga, «bolalar uchun tovarlar» bo‘limida 62, «maishiy xizmatlar» bo‘yicha esa 64 foizga ko‘proq bo‘lib chiqqan. Ayollar xarajatlari faqat bitta – «supermarketlar» bo‘limida erkaklarnikidan oshib, 52 foizni tashkil etgan.

Balki ishonmassiz, lekin oflayn xaridlar borasida ham erkaklar sarflari ayollarnikidan katta bo‘lib chiqibdi. Lekin bu yerda farq sal kamroq – erkaklar o‘rtacha 23 foizga ko‘proq oflayn operatsiyalarni amalga oshirishgan.

O‘QING: OO‘Yu va akademik litseylarda ta’lim onlayn tarzda davom etadimi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.