Ertadan O‘zbekistonda internet “VIP” bo‘ladi!
1 dekabrdan boshlab, tarmoqda 2 Mbit/s tezlikka ega kafolatlangan cheksiz internet uchun eng arzon narx 88 ming so‘mni tashkil etishi ma’lum qilindi. Bu avvalgi narxga nisbatan ikki baravarga arzondir. Shunda yil boshida 110 Gbit/s bo‘lgan tezlik endi 1200 Gbit/s.ga yetadi.
- Ertadan internet tezligi oshganini simli internetdan foydalanuvchi barcha abonentlar sezishadi,– deydi «O‘zbektelekom» AKning Sotuvlar va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Alisher Zufarov
Anjumanda kichik va o‘rta biznes sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlar uchun maxsus tarif rejalarini taqdim etilishi ma’lum qilindi.
O‘QING: Kompaniya shu kungacha nima ishlar qildi? «O‘zbektelekom»ga savol bering!