Bugundan Galaxy Note 10 va Note 10+ 70 ta mamlakatda sotuvga chiqdi

Bugundan Galaxy Note 10 va Note 10+ 70 ta mamlakatda sotuvga chiqdi

Bugun, 23 avgustdan «Samsung» kompaniyasining «Galaxy Note 10» yangi flagman smartfoni 70 ta davlat sotila boshlandi. 

Smartfon savdosi Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya, Singapur, Tailand, Hindiston, Avstraliya, shuningdek, Yevropa va Janubiy-Sharqiy Osiyoning boshqa davlatlarida start oldi.

Sentyabrning boshidan flagman sotiladigan mamlakatlar soni 130 taga ko‘payadi.

O‘QING: Samsung Galaxy A30s hamda Galaxy A50s taqdim qilindi.

AQShda «Unpacked» nomi ostidagi tadbirda yangi mahsulot taqdimotidan so‘ng Janubiy Koreya kompaniyasi smartfonni Hindiston, Chili va Avstraliyada namoyish qilgan.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, joriy yilning 9–19 avgust kunlari «Galaxy Note 10»ga oldindan buyurtmalar soni 1,3 mln.taga yetgan.

O‘QING: Terashop.uz’da barcha Samsung smartfonlari narxlari bilan tanishing (2019 yil 20 avgust)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!