Yesa bo‘ladigan josuslik banan-telefoniga patent olindi

  •   DiMaX
  •  1071
  •  27.07.2017 14:30

Yesa bo‘ladigan josuslik banan-telefoniga patent olindi

Samsung kompaniyasi yaqinda banan shaklidagi telefon uchun patent olgan. AQShning Patentlar va savdo belgilari byurosi saytiga joylashtirilgan hujjat shundan darak bermoqda, deb yozadi Patently Apple sayti.

Xabarda aytilishicha, Samsung patent uchun arizani 2015 yilning sentyabridayoq topshirgan, patentni esa unga yaqinda – 2017 yil iyun oyining oxiridagina berishgan.

Afsuski, qurilmaning texnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar va boshqa tafsilotlar xabarda ko‘rsatilmagan. Faqatgina bu mo‘’jizaviy josuslik telefonining chizma tarzidagi suratlari bor, xolos.

Aytilishicha, mazkur gadjet «dunyodagi ilk yesa bo‘ladigan josuslik telefoni» deya tavsiflangan. Bunisi shunchaki meva-telefonning shakliga qarab aytilgan hazilmi yoki chindan ham uni yesa bo‘ladimi – bunisi hozircha noma’lum.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.