ESET: millionlab qurilmalar pornokliker-troyanidan zararlangan

ESET: millionlab qurilmalar pornokliker-troyanidan zararlangan

Antivirus dasturlarini ishlab chiqaradigan kompaniyalar ommani qo‘rqinchli ma’lumotlar orqali cho‘chitib turishni yoqtirishadi. Bu albatta zararli dasturiy ta’minotga bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Ammo bu safar Google Play ilovalar do‘koniga zarar keltiruvchi kod hujum qilgani haqiqatga yaqin, deb xabar berildi.

ESET antivirusining ma’lum qilishicha, 1,2 million qurilma Android/Clicker pornokliker-troyanini yuklab olgan. ESET xodimlari mazkur zararli dasturiy ta’minotning 343 modifikatsiyasini hisoblab chiqishdi. Ular ilovalar do‘konida GTA San Andreas Free, Subway Surfers 2015, Dubsmash 2, My Talking Tom v2 kabi o‘yinlarni o‘z ichiga olgan qonuniy ilovalar ko‘rinishida niqoblangan. Zararli dasturiy ta’minotni aniqlab, ularni do‘kondan o‘chirib tashlagunlariga qadar uni o‘rtacha hisobda 3600 marotaba yuklab olishgan, biroq alohida hollarda ularning soni 500 ming martagacha borishi ehtimoldan yiroq emas.

Shu bois mutaxassislar ilovalar do‘konidan hattoki qonuniy dasturlarni yuklab olishda ham ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!