Eshagidan tushovi qimmat: bu smartfon g‘ilofi naq 3012 dollar turadi!

  •   DiMaX
  •  1788
  •  20.09.2018 17:09

Eshagidan tushovi qimmat: bu smartfon g‘ilofi naq 3012 dollar turadi!

Singapurdagi Gray kompaniyasi turli gadjetlar uchun premial aksessuarlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kuni kecha u iPhone X, iPhone XS hamda iPhone XS Max uchun titandan ishlangan g‘iloflarini taqdim etdi.

O‘QING: Ming dollarlik Galaxy Note 9 qimmatmi? 57 ming dollarligi ham bor, bir kilo sof oltindan!

Ushbu g‘iloflar tegishli ayfonlarning o‘zidan ham ancha qimmatligi bilan ajralib turadi.

ALTER EGO deb nomlanuvchi ushbu turkumda to‘rt xil g‘ilof ishlab chiqariladi: Titanium, Stealth, Gold va Aurora. Ularning barchasi aerokosmik titan materialidan ishlangan.

Har bir g‘ilof jamlanmasida uning uchun alyuminiy keys ham mavjud bo‘lib, u himoyalovchi emas, balki namoyish etuvchi funksiyani bajaradi. Kompaniya fikricha, ALTER EGO egalari ishlatmayotgan payti bu keysni ko‘zga ko‘rinarli yerga qo‘yib qo‘yishlari mumkin.

Eng arzon ALTER EGO Titanium g‘ilofi 1458 dollar turadi; u iPhone X hamda iPhone XS modellariga mo‘ljallangan. iPhone XS Max g‘ilofi esa yanada qimmat – uning uchun 1705 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: «Xitoycha Apple» ham haqiqiy iPhone’lar narxlaridagi o‘z XR, XS va XS Max’larini savdoga chiqardi!

G‘iloflarning eng qimmati esa ALTER EGO Aurora bo‘lib, iPhone XS hamda iPhone XS Max uchun tegishlicha 2765 va 3012 dollardan sotuvga qo‘yilgan. «Arzon» titan versiyasidan farqi – ular noodatiy gradiyent tusda tovlanadi.

Darvoqe, Gray kompaniyasi qo‘shimcha 36 dollar evaziga ushbu qimmat g‘iloflar yuzasiga istalgan gravirovkani tushirib beradi.

«Boylarbop» aksessuarlar uchun allaqachon oldindan buyurtma qabul qilinmoqda. Xaridorlarga ular 2018 yilning dekabridan yetkazib berila boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz: garchi bunday premial bo‘lmasa-da, turli yaxshi aksessuarlar va smartfonlarni Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Terashop.uz’dagi barcha iPhone’lar narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 10 sentyabr)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!