Eski Google akkauntingiz o'chirib yuborilishi xavfi ostida!

Eski Google akkauntingiz o'chirib yuborilishi xavfi ostida!

2020-yilda Google bo'sh joy yaratish uchun foydalanilmayotgan akkauntdagi kontentni (akkauntni o'zini emas) o'chirib yuborishini ma'lum qilgan edi. Biroq, endi kompaniya "aktiv bo'lmagan akkaunt" bilan bog'liq qoidalarini yangilamoqda va endilikda ular to'liq o'chirib yuboriladi. Bu haqda u o'z blogida xabar bermoqda (9To5Google orqali).

Google endi akkauntni o'chirib yuboradi – agar akkaunt egasi undan so'nggi 2 yilda foydalanmagan bo'lsa. Albatta, akkaunt bilan birga undagi barcha ma'lumotlar: Gmail xabarlari, Drive, Docs va Workspace platformalaridagi fayllar va shu bilan birga Google Photos'dagi surat va videolar yo'q qilinadi. Akkauntning o'chirib yuborilishidan bir necha oylar avvaldan Google unga va unga ulangan qo'shimcha elektron pochtaga bir qancha bildirishnomalar yuboradi.

Kompaniya hozircha YouTube videolari bor faoliyatsiz akkauntlarni o'chirishni rejalashtirmayapti, chunki ba'zi eski videolar tarixiy ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Qolaversa, yangi qoida faqat shaxsiy akkauntlar uchun amal qiladi, biznes yoki maktablar tomonidan boshqariladigan akkauntlar uchun emas.

Qanday akkauntlar aktiv hisoblanadi?

  • Akkauntga vaqti-vaqti bilan kirish
  • Elektron pochtadagi xabarlarni o'qish (masalan, akkaunt o'chirib yuborilishi haqidagi)
  • Google Drive'dan foydalanish
  • YouTube'dan video ko'rish
  • Play Store'dan ilova yoki o'yin yuklab olish
  • Google'dan biron narsa qidirish
  • Uchinchi tomon ilova yoki xizmatlariga Google akkaunt bilan ro'yxatdan o'tish

Google'ning eski akkauntlarni o'chirib yuborishi haqidagi qarorni qabul qilishiga xavfsizlik masalalari sabab qilib ko'rsatilgan:

"Bizning ichki tahlilimiz shuni ko'rsatadiki, tashlab qo'yilgan akkauntlar 2 bosqichli verifikatsiya bilan sozlangan faol akkauntlarga qaraganda kamida 10 baravarga kamroqdir. Ya'ni, bunday akkauntlar ko'pincha himoyasiz bo'lib, agar akkaunt buzilgan bo'lsa, u shaxsga oid ma'lumotlarni o'g'irlashdan tortib, spam kabi istalmagan yoki hatto zararli kontent tarqatishgacha bo'lgan har qanday narsa uchun ishlatilishi mumkin"

Google aktiv bo'lmagan akkauntlarni o'chirishni shu yilning oxiridan, 2023-yil dekabr oyidan o'chirishni boshlaydi va barchasi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bunda kompaniya eng birinchi bo'lib ochilgan, lekin qaytib foydalanilmagan akkauntlardan boshlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!