Eski iPhone foydalanuvchilariga yomon xabar bor

Eski iPhone foydalanuvchilariga yomon xabar bor

Tarqalgan mish-mishlarga qaraganda, Apple kelasi yili iOS 15 chiqishi bilan original iPhone SE, iPhone 6s va iPhone 6s Plus smartfonlarini tizim yangilanishlari bilan qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi.

Yuqoridagi qurilmalarning hammasi bu yil iOS 14'ga o‘tgan edi.

Ushbu xabarni The Verifier tarqatdi. Bu nashr Apple borasida ba’zan to‘g‘ri, ba’zan noto‘g‘ri xabarlar tarqatganini eslatib o‘tish joiz. Biroq ushbu sayt iPhone 5s va iPhone 6'lar iOS 12'ga o‘tmasligi haqida to‘g‘ri ma’lumot bergandi. Sayt qaysiki smartfon iOS 13'ga o‘tgan bo‘lsa, o‘sha iPhone iOS 14'ga o‘tishini ham to‘g‘ri taxmin qilgan edi.

9To5Mac saytining xabar berishicha, quyidagi iPhone'larning barchasi kelasi yili iOS 15 operatsion tizimiga o‘tadi:

•2021-yilgi iPhone lineykasi
iPhone 12 Pro Max
iPhone 12 mini
iPhone 11 Pro
iPhone XS
iPhone X
iPhone 7 Plus
iPhone SE (2020)

iPhone 6s va 6s Plus smartfonlari 2015-yilning sentabr oyida taqdim qilingan bo‘lsa, iPhone SE 2016-yilning martida ommaga taqdim qilingan edi. Har uchala model ham o‘ta ommaboplikka erishib, to‘rt yil davomida tizim yangilanishlarini qabul qilib kelgan.

Ayni damda Apple aynan iPhone 6s forma faktoridagi ikkita zamonaviy smartfon: iPhone 12 mini va yangi avlod iPhone SE'ni sotmoqda. Bu yil taqdim qilingan ikkinchi avlod iPhone SE qurilmasi dizayn borasida iPhone 6s bilan deyarli bir xil, biroq yangicha A13 protsessorida ishlaydi. iPhone 12 mini esa hajman kichik, biroq burchakdan-burchakka stilidagi dizayni bois ekrani kattaroq. Ushbu model, shuningdek, A14 protsessori hamda takomillashgan kamera tizimiga ham ega.

O‘QING: Telegram asoschisi yangi iPhone'ni tanqid qilib chiqdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!