Eski modellardagi 14 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga barqaror MIUI 12 kela boshladi

  •   DiMaX
  •  3748
  •  08.09.2020 12:43

Eski modellardagi 14 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga barqaror MIUI 12 kela boshladi

«Xitoycha Apple» o‘zining mobil qurilmalariga barqaror MIUI 12 bazasidagi proshivkalarni tarqatishning ikkinchi to‘lqinini boshladi. Buni bugun – 8 sentyabr kuni MIUI grafik qobig‘i dasturchilari jamoasi Weibo tarmog‘ida rasman e’lon qildi.

O‘QING: Redmi o‘ninchi avlod eng arzon smartfonini biryo‘la MIUI 12 bilan chiqardi!

Kompniya birinchi to‘lqinda Xiaomi Mi 10 Pro, Xiaomi Mi 10 Youth Edition, Xiaomi Mi 9 Pro 5G, Xiaomi Mi 9 Prime Transparent Edition, Xiaomi Mi 9, Redmi K30 Pro Zoom Edition, Redmi K30 Pro, Redmi K30 5G, Redmi K30, Redmi K20 Pro Prime Edition, Redmi K20 Pro hamda Redmi K20 K20 Pro smartfonlariga MIUI 12 apdeytini tarqatgan edi.

Ikkinchi to‘lqinda esa nisbatan oldin taqdim etilgan quyidagi rusumlarga mansub qurilmalar MIUI 12 asosidagi barqaror proshivkaga ega bo‘lyapti:

  1. Xiaomi Mi 8;
  2. Xiaomi Mi 8 Fingerprint Edition;
  3. Xiaomi Mi 8 Transparent Discovery;
  4. Xiaomi Mi Mix 3;
  5. Xiaomi Mi 9 SE;
  6. Xiaomi Mi Mix 2S;
  7. Xiaomi Mi CC9 Pro;
  8. Xiaomi Mi CC9;
  9. Xiaomi Mi CC9 Meitu Edition;
  10. Redmi Note 8 Pro;
  11. Redmi Note 7;
  12. Redmi Note 7 Pro;
  13. Redmi 10X;
  14. Redmi 10X Pro.

Odatdagidek, dastlab xitoycha versiyadagi smartfonlarga MIUI 12 asosidagi proshivkalar tarqatiladi, global versiyali qurilmalarga esa bu apdeyt keyinroq kela boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Redmi’ning ommabop smartfoniga MIUI 12 muammolar olib keldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.