Eski rusumdagi ayfonni atigi 2 dollarga iPhone 12’ga «aylantirish» yo‘li topildi!

  •   DiMaX
  •  1750
  •  13.04.2021 09:53

Eski rusumdagi ayfonni atigi 2 dollarga iPhone 12’ga «aylantirish» yo‘li topildi!

Apple’ning o‘n ikkinchi avlod ayfonlari zo‘r chiqqan, ammo ularni har kimning ham cho‘ntagi ko‘taravermaydi-da. Tinib-tinchimagan xitoyliklar esa eski rusumlardagi ayfonlarning orqa panelini xuddi iPhone 12 kabi ko‘rinishga keltirish yo‘lini topishdi.

O‘QING: Galaxy S21 vs iPhone 12: qaysi smartfonlar tezroq arzonlashmoqda?

Buning uchun iPhone XR, iPhone X va iPhone XS smartfonlarining orqa paneliga yopishtiriladigan maxsus nakleykalar chiqqan. Ularning eng oddiysini bor-yo‘g‘i ikki dollarga olish mumkin va u ayfon kamera blogini «yangilash»gagina yaraydi.

Lekin eskiroq rusumdagi ayfoni iPhone 12 modeliga juda o‘xshash bo‘lishini istaganlar uchun bir necha o‘nlab dollar narxida maxsus aksessuarlar jamlanmalari ham bor. Ular tarkibiga korpus atrofini qoplab oluvchi tekis ramka ham kiradi.

Bu kabi aksessuarlarni ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashlariga ko‘ra, mazkur usulda iPhone 12’ga «aylantirilgan» smartfonni bir qarashda yoki ushlab ko‘rganda uning originalidan farqlab bo‘lmaydi. Buning ustiga, ularning materiali ham birmuncha mustahkam bo‘lib, hadeganda tirnalmaydi.

Yaqinda biz iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilayotgan Xitoy flagmanlari haqida ma’lumot bergan edik. Shuningdek, ayfon egalarini Android-smartfonga o‘tishga undayotgan uchta asosiy sabab ham siz uchun qiziq bo‘lsa kerak.

O‘QING: Qoyilmisiz: har qanday iPhone’ni endi Galaxy’ga «aylantirish» mumkin!