Eski versiyadagi Windows 10 egalari darhol dasturiy taminotni yangilashlari kerak

Eski versiyadagi Windows 10 egalari darhol dasturiy taminotni yangilashlari kerak

Microsoft o‘zining Windows 10 operatsion tizimi 20H2 versiyasi uchun qo‘llab-quvvatlashni 2022-yil 10-may kunida to‘xtatishi haqida ogohlantirmoqda. Bu quyidagi versiyalarni o‘z ichiga oladi: 

Windows 10 Home, version 20H2

Windows 10 Pro, version 20H2

Windows 10 Pro Education, version 20H2

Windows 10 Pro for Workstations, version 20H2 

Shuni aytish kerakki, Windows 10 Enterprise, Education va IoT Enterprise nashrlarining 20H2 versiyasidan foydalanadiganlar uchun qo‘llab-quvvatlash 2023-yil 9-mayidan boshlab to‘xtatiladi. 

Agar Windows operatsion tizimingizni 21H1 yoki undan yuqorisiga yangilamasangiz, siz 10-maydan boshlab xavfsizlik, funksiyalar va boshqa yangilanishlarini qabul qilmaysiz. 

Windows 10 operatsion tizimini yangilash uchun Sozlamalar dasturiga kirib, Yangilanish & Xavfsizlik bo‘limiga o‘tishingiz kerak. Qaysi versiyadan foydalanayotganingizni esa Sozlamalar dasturidagi Tizim bo‘limidan topishingiz mumkin. 

O‘QING: YouTube NFT orqali monetizatsiya qilish va metaolamga kirishni rejalashtirmoqda