Estoniyalik AKT mutaxassislari O‘zbekistonlik dasturchilarga mahorat darslari o‘tadi!

Estoniyalik AKT mutaxassislari O‘zbekistonlik dasturchilarga mahorat darslari o‘tadi!

Avval xabar berganimizdek, Estoniyalik startap mutaxassislari O‘zbekistonlik yoshlarga mahorat darslari o‘tishadi. Bundan tashqari yosh dasturchilar xalqaro tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar tashkil etgan xakatonda ham ishtirok etishlari mumkin. Ushbu tadbir Global tadbirkorlik haftaligi (Global Entrepreneurship Week) doirasida 15-noyabr kuni soat 14:00 da Yoshlar ijodiyoti saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘QING: «Startap-tashabbuslari» dasturining uchinchi bosqich ishini boshladi

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Skype, Playtech, Transferwise va  Taxify Estoniyada yaratilgan. Shuningdek, ushbu davlat ikki-uch yil ichida axborot texnologiyalari sohasida yuqori cho‘qqilarga erishgan. Ya’ni, AKT rivojlanishi bo‘yicha 2017 yil reytingida 17 o‘rinni egallagan.

O‘zbekiston esa bu jadvalda 95 o‘rinni yegallab turibdi!

O‘QING: Ikkinchi Global tadbirkorlik haftaligi start oldi!

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.