Yetakchi veb-brauzerlarning yangi versiyasi internetni buzib qo‘yishi mumkin

Yetakchi veb-brauzerlarning yangi versiyasi internetni buzib qo‘yishi mumkin

Chrome va Firefox brauzerlari o‘zining 100-versiyasiga yangilanish arafasida turibdi, lekin bu veb-dasturchilar uchun yaxshigina muammo bo‘lishi aniqlandi.

Gap shundaki, foydalanuvchi biron saytga kirmoqchi bo‘lganida veb-brauzer saytga foydalanuvchi-agenti nomli qatorni yuboradi va u o‘z ichiga foydalanuvchi qaysi qurilma turidan, qaysi operatsion tizimda, qaysi veb-brauzerda va veb-brauzer versiyasida kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘ladi.

Veb-brauzerlarning versiyalari uch xonali son ya’ni 100 ga o‘tishi sabab, ko‘plab saytlarning veb-serverlari 100 sonini xatolik bilan 10 ga o‘zgartirib qo‘yishi va bu sayt tomonidan foydalanuvchi 10 versiyadagi brauzerdan foydalanyapti deya o‘qilishi mumkin. Bu esa foydalanuvchini "brauzer versiyasi qo‘llab-quvvatlanmaydi" deya saytga kirishini taqiqlab qo‘yadi. 

Muammoga aniq bir yechim topilmagan, chunki turli brauzerlar foydalanuvchi-agent qatori uchun turli formatlarga ega. Lekin brauzerlar dasturchilari zaxira rejasiga egalar. Agar yangi versiya chiqqunicha yechim topilmasa ikkala brauzerlar ham foydalanuvchi-agenti qatorini 99 versiyada muzlatib qo‘yishadi. 

Google Chrome'ning 100-versiyasi 29-martda, Mozilla Firefox brauzerining 100 versiyasi esa 3-mayda chiqarilishi kutilmoqda. Ikkala kompaniyalar ham barcha sayt administratorlarini ogohlantirishmoqda va saytlarini 100-versiyaga test qilishni aytishmoqda, biroq hamma ham yangi versiyaga tayyor emas. 

O‘QING: Google o‘zining bosh sahifasiga o‘zgartirish kiritmoqda