Etlgr – elektron pochta vazifasini bajaradigan Telegram-bot

Etlgr – elektron pochta vazifasini bajaradigan Telegram-bot

Rossiyada Yevgeniy Xashin boshchiligidagi dasturchilar jamoasi Telegram messenjerida elektron pochta vazifasini bajaradigan botni yaratishdi. Bu haqda startaplarni yoritadigan vc.ru sayti xabar bermoqda.

“PaaS-servisimiz ishini namoyish qilish maqsadida biz turli demo-mahsulotlarni ishlab chiqmoqdamiz. Ulardan biri Telegram Email Bot Etlgr”, – deydi startap muallifi.

Ushbu botdan ayni vaqtda ko‘pchilik foydalanmoqda. Sababi email-kliyentlarning hammasi ham real vaqtda ishlamaydi (chunki ular elektron pochta serverini pinglashi talab etiladi).

So‘nggi bir oy davomida bot tomonidan yetkazilgan elektron xabarlar soni 16 mingtani tashkil qilmoqda. Mualliflarning fikricha, bot shunchaki Telegram orqali elektron xabarlarni olish va yuborishga xizmat qiladi. Ammo hozircha u mavjud email-kliyentlarning o‘rnini bosolmaydi. Bot xabarlarni tezda yetkazishda juda samarali.

de53778047d5aa

Botni faollashtirganingizdan keyin u sizga elektron pochta manzili uchun ishlatiladigan login kiritishni taklif qiladi. Agar istasangiz, botning o‘zi tasodifiy login yordamida pochtangizni ro‘yxatdan o‘tkazadi. Shundan keyin xuddi elektron pochtadagi kabi xabarlarni yuborish mumkin bo‘ladi. Bularning barchasi ko‘z ochib yumguncha bajariladi. Botdagi menyuda ro‘yxatdan o‘tkazilgan elektron pochta manzillarini ko‘rib chiqish, ularni o‘chirish, elektron xabar yuborish imkoniyatlari mavjud. Bot menyusi hozircha faqat rus va ingliz tillarida ishlaydi.

Kelajakda botdagi xabarga fayllarni biriktirish imkoniyati ham qo‘shilsa, botning samaradorligi yana oshgan bo‘lardi.