Yetti bot sizga madad beradi

Yetti bot sizga madad beradi

Pavel Durovning Telegram messenjeri internet foydalanuvchilari orasiga botlari bilan kirib keldi. Bot (yoki robot) messenjerda, umuman olganda, barcha xizmatlarni bajara oladi. Biror-bir savolga javob berishdan tortib, ma’lumot tarqatishgacha, saytga foydalanuvchini qayddan o‘tkazishdan tortib “aqlli uy”ni boshqarishgacha – hammasini eplaydi. Beminnat xizmatchi, kechasi uxlamaydi. Bugungi kunda telegramda minglab botlar bor.

Quyida Hi-Tech Mail.Ru to‘plagan yetti foydali botning ta’rifini keltiramiz.

@zdorobotdan biror dorining ta’rifini so‘rasangiz, batafsil javob olasiz, hattoki, alomatlariga qarab kasallikni aniqlashga harakat qiladi. To‘g‘ri, vrach o‘rnini bosmaydi, ammo tegishli shifokorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havola bera oladi.

@zdorobotni qo‘shish

Dollar kursi oshyaptimi, tushyaptimi? Neft narxi birjada qancha turadi? Bularning barini aniqlashda @ratebot sizga yordam beradi.

@ratebotni qo‘shish

Kechqurun qaysi filmni tomosha qilishni rejalashtiryapsizmi? Sizga janriga qarab kino tanlashda @kinomanbot ko‘makchi bo‘ladi.

@kinomanbotni qo‘shish

OAV ob-havoni tez-tez eslataversa, diqqat bo‘lmang – ob-havo ma’lumoti bo‘lmasa, ikki odamning biri suhbatni boshlash uchun mavzu topolmaydi. Bu masalada telegramdagi maslahatchingiz @weatherman_bot botidir. U sizning yashash joyingizni so‘raydi, siz istagan tilda va yo‘sinda (qisqa yoki batafsil) ob-havo bashoratini taqdim etadi.

@weatherman_botni qo‘shish

Qanday taom tayyorlashni bilmay turganlar @mycookbot bilan kengashishi mumkin. Qo‘lingiz ostidagi masalliqlarni yozasiz, u esa ko‘pni ko‘rgan pazanda singari qanday ovqat tayyorlashni aytib beradi. Balki, qo‘shimcha masalliq sotib olishingizga to‘g‘ri kelar. Retseptlarni alohida saqlashingiz, shuningdek, o‘z variantingizni taklif qilishingiz ham mumkin.

@mycookbotni qo‘shish

Prostokrinatsiya ofis xodimlarining ofatidir. Siz bu so‘zning ma’nosini bilmaysizmi? Oddiy tilda orqagasurarlik deyish mumkin, batafsil ushbu manbada keltirilgan. Bu muammo bilan kurashishda @pomodoro_timer_bot yordam beradi. Siz biror yumushni tanlab ustida ishlashni boshlaysiz, ketadigan vaqt taymer bilan o‘lchanadi (odatda 25-35 daqiqa) hamda virtual pomidorni savatchangizga solasiz. To‘rt pomidorni yig‘sangiz, uzoqroq tanaffus qilishga arzigulik ish bajaribsiz. Sessiyani ikki soatga belgilasa ham bo‘ladi, unda pomidorni to‘rttalab yig‘asiz. Qadrdon bot dam olish va ishlash payti kelganini o‘zi eslatadi.

@pomodoro_timer_botni qo‘shish

Internetda ba’zan yozishdan ko‘ra ko‘rsatish afzal holatlar bo‘ladi. Masalan, jahldor it rasmi sizga kerak. Buning qiyin joyi yo‘q, rasmlar izlovchi @imagebotdan dog angry deb so‘rash kifoya. Badjahl it rasmini o‘zi taqdim etadi.

@imagebotni qo‘shish

Darvoqe, valyuta kursi, ob-havo va boshqa yangiliklardan xabardor etuvchi o‘zbekcha botlar ham mavjuddir.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!