Yetti ming dollarga Redmi K20 Pro bor, olasizmi?

  •   DiMaX
  •  2707
  •  17.07.2019 10:53

Yetti ming dollarga Redmi K20 Pro bor, olasizmi?

Xiaomi bugun Hindistondagi matbuot anjumanida hamyonbop Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro smartfonlarining mahalliy taqdimotini o‘tkazadi. Ular Xitoyda allaqachon sotilmoqda, jahon bozoriga birinchisi Xiaomi Mi 9T nomi ostida chiqarilyapti, Mi 9T Pro esa hali chiqqani yo‘q.

O‘QING: Xiaomi Mi 9T namoyish etildi – barcha xususiyat va narxlari bilan tanishing!

Hindistondagi taqdimot arafasida ma’lum bo‘lishicha, kompaniya Redmi K20 Pro flagmanining maxsus versiyasini ham taqdim etadi. «Fillar o‘lkasi»da uni ko‘p emas, kam emas – naq 6976 AQSh dollariga teng narxda sotuvga chiqarishmoqchi!

Ushbu versiyadagi Redmi K20 Pro korpusi sof tilladan ishlangan, orqa qopqoqning pastki o‘ng burchagida esa «K» harfi brilliantlar bilan yozilgan. Hozircha ushbu smartfonning bittagina «jonli» surati mavjud:

Xiaomi korporatsiyasi Redmi brendi ostidagi hamyonbop flagmaniga shu qadar ishonyaptiki, puldorlarga uni oltin korpusda taklif etyapti. Lekin hind boylari uni qanday qarshi olishlari hozircha noma’lum.

Terashop.uz internet-do‘konimizdan esa, tilladan ishlangan bo‘lmasa-da, global versiyadagi Xiaomi Mi 9T modelini 2 950 000 so‘m evaziga sotib olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari arzonlashdi, Terashop.uz’dagi narxlari bilan tanishing! (2019 yil 13 iyul)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.