Yetti oydan buyon yetakchilikni qo‘ldan bermayotgan smartfon!

  •   DiMaX
  •  1428
  •  02.05.2020 13:00

Yetti oydan buyon yetakchilikni qo‘ldan bermayotgan smartfon!

Counterpoint Research tahlil kompaniyasi joriy yilning birinchi choragi bo‘yicha Xitoy smartfon bozori haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Osmon osti saltanati»da bir yilda telefonlar savdosi 22 foizga tushib ketgan.

O‘QING: Eng zo‘r protsessorli eng arzon 5G-flagman mutlaq rekord o‘rnatdi!

Xususan, joriy yilning fevral oyiida smartfonlar juda kam sotilgan – o‘tgan yilning shu oydagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 35 foizga pasayish!

Shunga qaramasdan, 2020 yil 1-choragida iPhone’lar savdosi atigi 1 foizgagina pasaygan. Ushbu davrda Xitoy smartfon bozorida birinchi beshta o‘rinni Huawei, Apple, Vivo, Oppo hamda Xiaomi band etgan.

Ta’kidlash kerakki, Huawei smartfonlarining sotilishi bir yilda 6 foizga oshgan. Kompaniyaning bu bozordagi ulushi ham o‘sib, 39 foizga yetgan.

O‘QING: Aprelda chiqqan Android-smartfonlardan qaysilari eng zo‘r? (Master Lu reytingi)

Eng qiziq ma’lumot esa muayyan modellardagi smartfonlar savdosiga tegishli. Xitoy bozorida o‘tgan chorakda eng ko‘p sotilgan telefon biror milliy mahsulot bo‘lmasdan, iPhone 11 ekan!

Mazkur ayfon naq yetti oydan beri Xitoyda eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingida birinchi o‘rindan tushmasdan kelayotganini ham alohida ta’kidlab o‘tsak arziydi.

Kuni kecha kupertinolik korporatsiya rahbari iPhone SE 2020 modelining istalgan Android-smartfondan asosiy afzalligini ma’lum qilgan. Ammo uning bozordagi real muvaffaqiyatlarini hali keyingi oylarda ko‘ramiz.

O‘QING: iPhone SE (2020), iPhone SE, iPhone 11, iPhone XR va iPhone 8'larni bitta joyda taqqoslaymiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.