Yevroittifoq va Xitoy 5G tarmog‘ini rivojlantiradi

Yevroittifoq va Xitoy 5G tarmog‘ini rivojlantiradi

Yevropa ittifoqi Xitoy bilan muhim kelishuvga erishganligini e’lon qildi. Bu kelishuvda beshinchi avlod (5G) mobil tarmog‘i ustida ishlash jarayonini tezlashtirish va uning uchun texnologiyalarni standartlashtirish ko‘zda tutiladi.

Kelishuv shartiga ko‘ra Yevropa Ittifoqi va Xitoy joriy yilning oxirlariga borib umumiy konsepsiya, tayanch vazifalar va 5G-infratuzilmasini yoyish muddati singari masalalar ko‘rsatib o‘tilgan o‘zaro hamfikrlik bayonotini tuzishi lozim. Bundan tashqari tomonlar hamkorlikda tadqiqotlar olib borishni ham mo‘ljallashmoqda.

Aytib o‘tish kerakki, Yevropa Ittifoqi Yaponiya va Janubiy Koreya bilan bunday kelishuvga erishib bo‘ldi. Horizon 2020 tashabbusi doirasida beshinchi avlod mobil aloqasi bo‘yicha tadqiqotlarni rivojlantirishga Yevrokomissiya 700 mln yevro ajratadi.

Birinchi 5G tijoriy tarmog‘i 2020 yilda foydalanishga topshirilishi mo‘ljallanmoqda. Tarmoqning maksimal tezligi 20 Gbit/s bo‘ladi. Bunday tizim videoxizmatlarning yangi avlodi yaralishiga turtki beradi, shuningdek, real vaqtda ishlaydigan innovatsion ilovalar paydo bo‘ladi.

5G texnologiyasini Koreya Respublikasining Pxyonchxan shahrida 2018 yilning 9-25 fevralida bo‘lib o‘tadigan kelgusi Qishki Olimpiada o‘yinlarida amalda namoyish etish rejalashtirilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.