Yevropa Ittifoqi barcha gadjetlar uchun yagona zaryadlovchi vosita joriy qilish haqida qonun ishlab chiqdi. Apple bunga qarshi

Yevropa Ittifoqi barcha gadjetlar uchun yagona zaryadlovchi vosita joriy qilish haqida qonun ishlab chiqdi. Apple bunga qarshi

23 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Yevrokomissiya yig‘ilishida barcha mobil telefonlar, planshetlar va naushniklar uchun yagona zaryadlovchi qurilma joriy qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi rasman taqdim etiladi. Bu haqda Reuters ga tayanib Daryo.uz nashri xabar bermoqda.

 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, komissiya zaryadlovchi vositalarni gadjetlardan alohida sotishni qonuniylashtirmoqchi, shuningdek, yagona zaryadlash portini joriy qilmoqchi.

Reuters agentligining ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi rasmiylari o‘n yildan ortiq vaqt davomida yagona zaryadlovchi qurilma g‘oyasini muhokama qilib keladi — bu yondashuv, huquqshunoslarning fikricha, atrof-muhit uchun foydaliroq, shuningdek, foydalanuvchilar uchun qulayroq bo‘ladi.

Ushbu g‘oyaga birinchi navbatda Apple qarshi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bitta turdagi zaryadlovchining joriy etilishi innovatsiyani bo‘g‘ib qo‘yadi va qo‘shimcha chiqindilarni keltirib chiqaradi.

2019 yilda Yevropa Komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, o‘sha paytda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi gadjetlarning yarmida microUSB ulagichi, boshqa 29 foizida USB-C, 21 foizida esa Apple qurilmalarida foydalaniladigan Lightning ulagichi mavjud bo‘lgan.

2009 yilgi tadqiqotlarda esa bozorda 30 dan ortiq turdagi zaryadlash qurilmalari aniqlangan edi. Shu munosabat bilan Apple, Samsung, Huawei va Nokia kompaniyalari ishlab chiqaruvchilarga 2011 yildan keyin chiqarilgan telefonlarda microUSB’dan foydalanishni yuklovchi memorandumni imzolagan. Biroq, hujjat matni Apple’ning Lightning’ni microUSB’ga ulaydigan moslama chiqarish bilan cheklanishiga imkon bergan.

O‘QING: Apple Watch 7 taqdim etildi: katta displey hamda qirilishlarga bardoshli korpus

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!