Yevropada eng xaridorgir elektromobil – Tesla emas...

  •   DiMaX
  •  1260
  •  15.12.2020 11:51

Yevropada eng xaridorgir elektromobil – Tesla emas...

Yaqindagina e’lon qilingan reytingga ko‘ra, eng mashhur elektromobilsoz – Tesla kompaniyasining Model 3 elektrokari dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan. Lekin umuman elektromobilsozlar orasida nemislarning bir kompaniyasi raqibiga yetay deb qolgan.

O‘QING: O‘zbekistonda Bentley elektromobillari ishlab chiqarilishi mumkin

Lekin Yevropa bozorida eng xaridorgir elektromobil fransuzlarning yetakchi mashinasoz mahsuloti bo‘lmish Renault Zoe ekan. Bu  haqda Renault Groupe o‘zining 2020 yil mobaynida Yevropadagi sotuvlari haqidagi hisobotida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kompaniyaning eng ommabop elektromobili Renault Zoe (uchinchi avlod modeli) bo‘lgan. Yakuniga yetayotgan yil mobaynida shu mashinadan 84 000 donadan oshiq sotilgan. Bundan tashqari, ayni model Yevropadagi eng ko‘p sotilgan yo‘lovchi avtomobili nomini ham olgan.

Renault Zoe elektrokari, kompaniya press-reliziga ko‘ra, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya va Portugaliyada bestseller bo‘lgan. 2012 yildagi namoyishidan buyon esa Renault Groupe mazkur modeldagi mashinasini Yevropaning o‘zida 268 000 donadan ziyod sotishga erishgan.

Tijorat segmentidagi elektromobillar (LCV) masalasiga kelsak, bu borada Renault Kangoo Z.E. modeli yetakchi – 2020 yil davomida undan 8 498 dona sotishgan.

Uchinchi avlod Renault Zoe elektromobili 2019 yili taqdim etilgan bo‘lib, yangilangan dizaynga, 52 kVt/soatlik akkumulyatorga ega, shuningdek bitta quvvatda 390 km.gacha yura  oladi. Yevropada uning narxi 23 000 yevrodan boshlanadi.

O‘QING: O‘zbekistonda atigi 12 ming so‘mlik tok bilan 300 km yuradigan elektromobil sinalmoqda (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.