Yevropaliklar eng ko‘p qaysi brendlar smartfonlarini olishyapti?

  •   DiMaX
  •  1519
  •  01.05.2021 10:57

Yevropaliklar eng ko‘p qaysi brendlar smartfonlarini olishyapti?

Counterpoint Research tadqiqot firmasi joriy yilning birinchi choragi davomida Yevropa smartfon bozori haqida hisobot e’lon qildi. Unga ko‘ra, ko‘plab yirik kompaniyalar oldingi yildagi holatga nisbatan o‘sish holatini namoyon etgan.

O‘QING: Samsung o‘yindan chiqqan yo‘nalishda uning yordami bilan Xiaomi birinchi bo‘ladi!

Yilning ilk kvartalida Yevropada eng ommabop smartfonsoz Samsung bo‘lgan. Ushbu bozorning 32 foizini egallagan koreyalik texnogigant 2020 yilning 1-choragiga nisbatan 13 foizga ko‘p smartfon sotgan.

Apple hissasiga esa mazkur bozorning 28% qismi to‘g‘ri kelgan, ayfon savdosi o‘tgan yilning mos davriga nimbatan 31 foizga oshgani ahamiyatli. Bozorda 18 foizlik ulush bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan Xiaomi’ning savdolari esa naq 73 foizga o‘sgan.

Ko‘rib turganingizdek, to‘rtinchi pog‘onadagi Oppo, garchi bozorning 6 foizini egallagan bo‘lsa-da, o‘tgan yilning birinchi choragidagiga nisbatan 94 foizga ko‘p smartfon sotgan. Unisi ham holva: Realme brendi Yevropa bozorida atigi 2 foizlik hissasi bilan yettinchi o‘rinda bo‘lsa-da, smartfon savdolarini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng ko‘p – naq 183 foizga o‘stira olgan!

Huawei’ning savdosi 77 foizga pasayib ketgan – 2 foizlik ulush bilan beshinchi o‘rin. Yaqinda undan alohida kompaniya bo‘lib ajralib chiqqan Honor ham 74 foizlik pasayish qayd etgan. OnePlus esa o‘tgan yilning birinchi kvartalida sotganidan ko‘ra 85 foizga ko‘p smartfon sotishga erishgan.

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (16-hafta)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!