«Yevrovideniye–2019» hali tugamay turib, Google allaqachon uning g‘oliblarini bashorat qildi

  •   DiMaX
  •  479
  •  18.05.2019 11:17

«Yevrovideniye–2019» hali tugamay turib, Google allaqachon uning g‘oliblarini bashorat qildi

Dunyodagi eng yirik va mashhur tadbirlardan bo‘lmish «Yevrovideniye»ning sanoq bo‘yicha oltmish to‘rtinchisi bugun – 18 may kuni kechqurun yakuniga yetadi. Isroilning Tel-Aviv shahrida bo‘lib o‘tayotgan mazkur tanlov g‘oliblarini Google allaqachon bashorat asosida e’lon qildi.

O‘QING: Dunyoning eng boy odami kompaniyasi bankrot bo‘lishini bashorat qildi

«Yevrovideniye–2019»ning Google e’lon qilgan taxminiy natijasi dunyo bo‘yicha qidiruvlarga asoslangan. Ya’ni, tanlov ishtirokchilarining nomlarini kishilar internetda qanchalik ko‘p izlayotganiga qarab g‘oliblar ro‘yxati tuzilgan.

Bu yondashuv asossiz emas, zero, tanlov ishtirokchilariga ballar berishda hakamlar hay’atining fikri hamda tomoshabinlar bergan ovozlar teng miqdorda inobatga olinadi. Shunday ekan, biror xonandaning internetdagi mashhurligi, ko‘p qidirilayotgani uning «Yevrovideniye»dagi reytingi ham oshishiga olib keladi.

O‘QING: Google’ga O‘zbekistonlik dasturchi kerak emas, unga oshpaz kerak!

Shunday qilib, Google’ga ko‘ra, «Yevrovideniye–2019» g‘oliblari ro‘yxati quyidagicha bo‘ladi:

  1. Fransiya
  2. Islandiya
  3. Rossiya
  4. Gollandiya
  5. Belarus
  6. Kipr
  7. Shveysariya
  8. Italiya
  9. San-Marino
  10. Serbiya

Google bashorati qanchalik to‘g‘ri chiqishini bilishni istasangiz, mana bu havola orqali «Yevrovideniye»ning rasmiy saytini ingliz tilida, mana bu yerda esa u haqidagi xabarlarni rus tilida kuzatib borishingiz mumkin.

O‘QING: Ruhiyat va reallik chegarasi: karomatli tush ko‘rish sabablari aniqlandi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!