Excel'da saqlab qolinmagan fayllarni qanday tiklash mumkin?

Excel'da saqlab qolinmagan fayllarni qanday tiklash mumkin?

Microsoft Office bilan ishlovchi har bir xodim bu usulni bilishi kerak.

Yarim kunlik ish vaqtingizni MS Excel'da hisobot tayyorlashga sarfladingiz-u, dasturni yopish vaqtida «Soxranit izmeneniya v fayle?» so‘roviga tasodifan «Net» tugmasini bosib yuborgan bo‘lsangiz, vahimaga tushmang — buning yechimi bor.

Dasturingiz Excel 2010 bo‘lsa, ma’lumotlarni tiklash uchun «Fayl» → «Posledniye» (File → Recent) orqali pastki o‘ng burchakdagi «Vosstanovit nesoxranyonnie knigi» (Recover Unsaved Workbooks) tugmasini toping.

Excel 2013’da biroz farqli: «Fayl» → «Svedeniya» → «Upravleniye versiyami» → «Vosstanovit nesoxranyonnie knigi» (File — Properties — Recover Unsaved Workbooks).

Excel'ning barcha keyingi talqinlarida axborotni qayta paydo qilish uchun quyidagi tartibda oynalarni ochamiz: «Fayl» → «Svedeniya» → «Upravleniye knigoy». Paydo bo‘lgan menyudan kerakli punktni tanlash kifoya.

O‘QING: Endi Google ilovalarida barmoq izi bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!