YeXHT O‘zbekistonni saytlarni bloklamaslikka chaqirdi

  •   DiMaX
  •  672
  •  18.04.2019 14:05

YeXHT O‘zbekistonni saytlarni bloklamaslikka chaqirdi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) OAV erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir O‘zbekiston hukumatini saytlarni bloklamaslikka va OAV haqidagi qonunni xalqaro normalarga muvofiqlashtirishga chaqirdi. Bu haqda Minbar nashri xabar bergan.

O‘QING: Facebook va Youtube bir kun bloklanishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qancha zarar yetkazadi?

«Men hukumatga onlayn OAVga kirishni ta’minlash bo‘yicha bir qator islohotlarni amalga oshirishini so‘rab murojaat qilgan edim. Yana bir marta ta’kidlamoqchiman, har qanday saytni bloklash faqatgina istisno holatlarda va xalqaro standartlarga mos kelgandagina oqlanishi mumkin», – degan Arlem Dezir.

O‘zbekistonda ochilmaydigan saytlarga misol tariqasida YeXHT vakili Fergananews, Ozodlik, Eurasianet.org, Uzmetronom va boshqa saytlarni ko‘rsatgan.

YeXHT hisobotida aytilishicha, saytlarning bloklanish sababi keltirilmagan.

2018 yildagi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston qonunchiligiga zid kontent joylashtirgan vebsaytlarni bloklash qoidalarini tasdiqlagan edi.

Qaror talablaridan biri saytga kirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchi bu sayt qonunchilikka zid kontent uchun bloklangan saytlar ruyxatiga kiritilganligi haqida e’lon ko‘rishi kerak. Bu talab O‘zbekistonda bajarilmaydi.

O‘QING: Qo‘shni mamlakatda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va YouTube bloklandi!

O‘zbekistonda bloklangan saytga kirmoqchi bo‘lgan odam ko‘radigan e’lon:

Rossiyada bloklangan saytga kirmoqchi bo‘lgan odam ko‘radigan e’lon:

Arlem Dezir mamlakatda fikr va axborot erkinligini ta’minlovchi qonunlarni isloh qilishga chaqirgan.

«YeXHTga a’zo davlatlar OAV erkinligiga oid o‘z qonunlari, siyosati va amaliyoti ular o‘z bo‘yniga olgan xalqaro majburiyatlarga mosligini ta’minlashi kerak», – deya xitob qilgan Arlem Dezir.

O‘QING: O‘zbekistonda VPN taqiqlanib, undan foydalanganlar jazolanadimi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!