«EXTRA balans» xizmati bilan doimo aloqada bo‘ling!

  •   DiMaX
  •  9490
  •  18.08.2020 14:54

«EXTRA balans» xizmati bilan doimo aloqada bo‘ling!

Zamonaviy hayot tarzi har qanday vaziyatda aloqada bo‘lishni talab qiladi. Biroq, telefon balansi nolga yaqinlashganda va uni to‘ldirish imkoniyati bo‘lmagan holatlarda, mobil aloqa operatorining foydali xizmatlari yordamga keladi.

O‘QING: Operator 40% dan 90%gacha «QAYNOQ ChEGIRMALAR»ni e’lon qildi!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasining filiali – Uzmobile uyali aloqa operatori «EXTRA balans» xizmatini taqdim etdi. Bu – GSM standartidagi mobil aloqa abonentlari uchun foydali xizmatdir, deyiladi UZTELECOM rasmiy sayti xabarida.

Ushbu xizmat yordamida abonent o‘z hisobini 1000 so‘mdan ortiq bo‘lgan pul miqdorida to‘ldirishi mumkin. Buning uchun shunchaki, USSD-menyu yoki SMS-xabar yuborish xizmatidan foydalanish kifoya. Xizmatni faollashtirish uchun «L» matnini 150 qisqa raqamiga SMS orqali yuborish yoki *150# USSD-menyusidan foydalanish lozim.

Abonentlar ushbu xizmatdan avvalgi qarzini to‘lamagan holda ham foydalanishlari mumkin. Xizmat belgilangan limitdan oshmagan holda taqdim etiladi (limit so‘nggi 3 oy davomida abonent xarajatlariga qarab 1000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha belgilanadi). Qarzni to‘lash muddati cheklanmagan, shuningdek to‘liq yoki qisman to‘lash imkoniyati mavjud.

«EXTRA balans» xizmati bilan batafsil tanishish uchun ushbu havola orqali operator saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: «O‘zbektelekom»ning nayrangini dasturchi fosh etdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.