Exynos 1080 anonsi berildi va u allaqachon Snapdragon 865+’ni ham yengib, AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  845
  •  09.10.2020 15:02

Exynos 1080 anonsi berildi va u allaqachon Snapdragon 865+’ni ham yengib, AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!

Samsung bugun – 9 oktyabr kuni o‘zining yangi flagman protsessori – Exynos 1080 modelini (kutilganidek Exynos 1000 emas) e’lon qildi. Uning xususiyatlari haqida intervyu davomida kompaniyaning tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘limi katta muhandisi – doktor Imao Kay (Yimao Cai) so‘zlab berdi.

O‘QING: Qualcomm kelajak flagmanlarining protsessori taqdimotini e’lon qildi

Exynos 1080 platformasi 5 nanometrlik texnologik jarayonni qo‘llagan holda ishlangan bo‘lib, uning jamlanmasiga Cortex-A78 yadrolari, shuningdek Mali-G78 grafik tezlatgichi kirgan. Qizig‘i – ushbu protsessor Samsung smartfonlaridan ham oldin Vivo X60 flagmanida bozorga chiqadi.

Vivo X50 Pro

Intervyu davomida doktor Imao Kay yana shuni qo‘shimcha qildiki, Exynos 1080 chipsetining ommabop AnTuTu benchmarkidagi test natijasi allaqachon 650 000 balldan oshadi. Optimizatsiyadan keyin esa bu protsessor yanada yuqori ko‘rsatkich qayd etadi.

AnTuTu’ning avgustdagi eng kuchli flagmanlar reytingiga qarasak, uning lideri – Asus kompaniyasi taqdim etgan eng zo‘r o‘yinbop smartfon – ROG Phone 3 modeli 615 289 ball olgan. Ya’ni, hozirning o‘zida ham Exynos 1080 natijasi Qualcomm Snapdragon 865+ hamda Snapdragon 865 protsessorli barcha smartfonlar ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘lib turibdi.

Aytish kerakki, yaqindagina boshqa bir – Geekbench benchmarkida tezkorlik bo‘yicha yangi qirol paydo bo‘lgan. Shuningdek...

O‘QING: Realme’ning hamyonbop smartfoni AnTuTu’da hatto Galaxy S20 Ultra va Galaxy S20+ flagmanlarini «yer tishlatdi»!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.