Exynos 1080 chipli, Zeiss optikali va OriginOS tizimli ilk kamerofon: taqdimot kuni va anboksing videosi!

  •   DiMaX
  •  904
  •  21.12.2020 17:50

Exynos 1080 chipli, Zeiss optikali va OriginOS tizimli ilk kamerofon: taqdimot kuni va anboksing videosi!

Vivo yakuniga yetayotgan yilning oxirgi kunlarida o‘zining yangi smartfonlar turkumini namoyish etishi haqida yozgan edik. Kompaniya shu tadbirini rasman e’lon qildi – flagmanlar 29 dekabrda taqdim qilinar ekan.

O‘QING: 2020 yilning eng yaxshi smartfonlari (GSMArena talqini)

Xabaringiz borki, «Xitoycha Apple» ham Xiaomi Mi 11 turkumidagi smartfonlarini aynan shu sanada namoyish qilyapti. Vivo ham taqdimotni shu kunga belgilab, unga munosib raqobatchi ekanligini ta’kidlamoqchi bo‘lgan, shekilli:

Bundan oldingi Vivo X50 seriyasi tarkibida uchta smartfon bo‘lgani bois, yangi turkumda ham Vivo X60, X60 Pro hamda X60 Pro+ modellari bo‘lishini kutish mumkin.

O‘tgan oyda Samsung kompaniyasi Exynos 1080 rusumli mobil chipsetini taqdim etgan edi. Smartfonni «uchiruvchi» ushbu 5G-protsessor ilk bor Vivo X60 qurilmalarida qo‘llanmoqda.

O‘QING: AnTuTu’da mutlaq rekord: Exynos 1080 protsessorli sirli Orion smartfoni!

Vivo X60 turkumining yana bir afzalligi – kompaniya ularning kamerasida nufuzli Carl Zeiss kompaniyasining optikasini ishlatyapti. Yana bir jihati esa – ular Apple dizayneri yaratgan grafik qobiq – Origin OS bilan chiqariladi.

Internetda allqachon yangi avlod kamerofonlarning ikkinchisi – Vivo X60 Pro modeli qadog‘idan olib ko‘rsatilgan «jonli» video ham paydo bo‘ldi:

Vivo X60 Pro bosh kamerasida asosiy sensor 48 megapiksellik bo‘lib, F/1,48 diafragmaga ega. Ikkinchi – o‘ta keng burchakli hamda uchinchi – portret kameralari 13 megapiksellik aniqlikda. Kamera jamlanmasida yana 8 megapiksellik periskopik modul ham bor – u 5 karralik optik va 60 karragacha raqamli zum imkoniyatiga ega.

Bulardan tashqari, Vivo X60 Pro modeli yangilanish chastotasi 120 gers bo‘lgan Samsung AMOLED ekrani hamda tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlangan.

O‘QING: TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!