Exynos 2100 protsessorli Galaxy S21+ hamda S21 Ultra flagmanlarini Geekbench’da taqqoslab ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  1183
  •  16.12.2020 11:41

Exynos 2100 protsessorli Galaxy S21+ hamda S21 Ultra flagmanlarini Geekbench’da taqqoslab ko‘rsatishdi!

Samsung kompaniyasi Galaxy S21 turkumi smartfonlarining global bozorga mo‘ljallangan variantlarida o‘zining Exynos 2100 protsessorini o‘rnatadi. Janubiy Koreya, Xitoy va AQShda sotiladigan variantlari esa Snapdragon 888 chipsetida ishlaydi.

O‘QING: Galaxy S21'lar haqidagi ba’zi ma’lumotlar tasdiqlandi (+video)

Exynos 2100 chipsetining rasmiy taqdimoti arafasida uning bazasida ishlovchi Galaxy S21 Plus hamda Galaxy S21 Ultra modellarining samaradorligini Geekbench servisida tekshirib ko‘rishgan. Quyida har ikkalasining test natijalarini va ayrim texnik jihatlarini bitta jadvalda taqqoslab ko‘rish mumkin:

Ko‘rib turganingizdek, Galaxy S21 Ultra (SM-G998B) hamda Galaxy S21+ (SM-G996B) modellarida protsessorning tezkorlik ko‘rsatkichlari o‘zaro yaqin. Farqlari shundaki, Galaxy S21+ flagmanida grafik tezlatgich ekranning 1080p aniqligida ishlayapti, Galaxy S21 Ultra bo‘lsa displeyi 1440r rezolyusiyasida tekshirilgan. Bulardan tashqari, ikki smartfonning tezkor xotira hajmi ham turlicha: «plyusli» versiyada 8 GB bo‘lsa, «ultra» flagmanda 12 GB.

Darvoqe, saytimizda siz Galaxy S21 smartfonlarining sifatli renderlari bilan tanishishingiz, uchala model hajmini ko‘rsatuvchi «jonli» surat bilan tanishishingiz, uchala model uchun chiqarilgan rasmiy videoni ko‘rishingiz, Geekbench sinovi natijalari bilan tanishishingiz, smartfonlar narxini bilishingiz, flagmanlarni qulfdan chiqarishning kutilmagan usuli haqida o‘qishingiz va modellar haqidagi barcha asosiy ma’lumotlar bilan bitta sahifada tanishishingiz mumkin.

O‘QING: Galaxy A72 ilk suratlarda: u kutilganidek emas ekan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!