Exynos 2200 protsessori Snapdragon 895 chipidan ustun keldi

Exynos 2200 protsessori Snapdragon 895 chipidan ustun keldi

Yaqinda Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi Exynos 2200 chipi 3DMarkʼs Wild Life testidan o‘tdi.

O‘QING: Benchmarkda yangi Samsung protsessori iPhone 12 Pro Max’nikidan ham o‘zib, rekord o‘rnatdi!

Natija a’lo darajada bo‘lib, chipset 8134 ballni qayd etgan. Shubhasiz, ushbu chipset Snapdragon 888 chipidan kuchliroq. Lekin qizig‘i shundaki, Exynos 2200 Qualcomm'ning yangi flgaman Snapdragon 895 chipidan ham unumdorroq bo‘lishi mumkin.

Twitter'dagi @TheGalox ma’lumotiga ko‘ra, Exynos 2200 Snapdragon chipidan ham hisoblash, ham grafik ko‘rsatkichlarda ustun kelgan birinchi chipset bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Exynos 2200'ning GPU'si Apple A15 Bionic'nikidan ham yaxshiroq ishlashi kutilmoqda. Biroq CPU borasida Apple hamon ustunlikka ega.

Garchi manba aniq bo‘lsa-da, uni qo‘llab-quvvatlovchi hech qanday ma’lumot mavjud emas. Yangi ma’lumotlarning tez fursatda chiqishini esa kutib qolamiz.

O‘QING: Snapdragon 895 chipli ilk smartfon e’lon qilindi va bu Xiaomi emas!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.