EyeLeo — ko‘z uchun tanaffuslarni yodga solib turuvchi dastur

EyeLeo — ko‘z uchun tanaffuslarni yodga solib turuvchi dastur

EyeLeo dasturi muntazam kompyuterdan tanaffus qilishni yodga solib turadi. EyeLeo dasturidan barcha insonlar, shuningdek, kun davomida ko‘p vaqtini kompyuter oldida o‘tkazuvchilar foydalanishlari mumkin. Dasturdan foydalanish mutlaqo bepul.

Ishlab chiqarilgan yili: 2011
Versiya: 1.1
Ishlab chiqaruvchi: Aleksandr Garustovich
Interfeys: rus tili
Tarqatilish turi: bepul

Dasturning o‘ziga xos xususiyatlari:

  • Belgilangan vaqtda kompyuter ekranini blokirovka qilish;
  • Har 10 daqiqada ko‘z mashqlari bilan qisqa tanaffus;
  • Ko‘z mashqlarini ajoyib leopard ko‘rsatishi;
  • Katta tanaffus boshlanishidan avval ogohlantirish paydo bo‘lishi;
  • Tanaffuslarni o‘tkazib yuborishni ta’qiqlovchi qat’iylik (qattiqqo‘llik) rejimi;
  • Parametrlarni sozlash, ya’ni parametrlarga o‘zgartirish kiritish imkoniyati;
  • 2 va undan ortiq monitorlarni qo‘llab-quvvatlay olish va boshqalar;

eyeleo02

Batafsil ma’lumotlar bilan dasturning rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

Manba: Soft.zn.uz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!