FabFocus ilovasi eski iPhone’larga qo‘sh kamera funksiyalaridan foydalanishga yordam beradi
So‘nggi vaqtlarda, asosan, flagman smartfonlarga tatbiq etilayotgan qo‘sh modulli kameralar bir qator innovatsion effektlardan foydalanishga imkon beradi. Misol uchun, bunday kameralarda rasmning yon tomoni yoki foniga ajoyib foto effektlarni qo‘llash mumkin.
Yangi FabFocus ilovasi yordamida endilikda nafaqat Apple iPhone 7 Plus sohiblari, balki avvalgi versiyadagi bir modulli kamera bilan jihozlangan eski iPhone foydalanuvchilari ham qo‘sh kamera foto effektlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ilova rasmdagi yuzlarni aniqlash va fonni xiralashtirish uchun sun’iy intellekt texnologiyasini ishlatadi. Bundan tashqari, foydalanuvchining o‘zi rasm shakli effektlarini tanlashi mumkin.
Ilova mualliflari dastur ishini bir nechta rasmlar misolida namoyish qilishdi. Hozircha ilovaning pulli yoki bepul bo‘lishi haqida ma’lumot berilmagan. FabFocus keyingi hafta App Store do‘koniga yuklanadi.