Facebook asoschisi haqida qiziqarli 10 ta fakt

Facebook asoschisi haqida qiziqarli 10 ta fakt

Facebook hamasoschisi va Bosh ijrochi direktori Mark Sukerberg 2008 yil, 23 yoshida dunyodagi eng yosh milliarderga aylanib, butun dunyoni lol qoldirgan.

Forbes'ga ko‘ra, Sukerbergning sof boyligi 95.9 milliard dollarni tashkil qiladi. Buncha boyligi bilan Facebook rahbari ayni damda dunyodagi uchinchi eng boy odam hisoblanadi.

Sukerberg 1984 yil 14 may sanasida Nyu-Yorkning Uayt-Pleyns shahrida dunyoga kelgan. Markning otasi stomatolog, onasi esa psixiatr. Mark oilada bitta o‘g‘il bo‘lib, uning 3 ta opa-singlisi bor.

O‘QING: Facebook rahbari bir necha yildan beri faqat shu kompaniya smartfonlarini ishlatadi (+video)

Mana, Sukerbergning o‘zi va oilasi haqida qisqa ma’lumot oldik. Keling, endi va’da qilingan 10 ta faktga o‘tsak.

#1. Mark Sukerberg daltonizmdan aziyat chekadi. Milliarder qizil va yashil ranglarni ajrata olmaydi. U uchun farqlash eng oson bo‘lgan rang — ko‘k. Shuning uchun ham, Facebook'ning logotipi ko‘k rangda.

#2. Sukerberg har kuni bir xil kulrang futbolka kiyib yuradi. O‘zining tushuntirishicha, bu bilan u kiyim tanlashga vaqt sarflab o‘tirmas ekan.

#3. Mark Sukerberg 2011 yilda vegetarianga aylangan va faqatgina o‘zi so‘ygan hayvonlar go‘shtini yeyishi mumkinligini ma’lum qilgan.

O‘QING: Inha universitetini bitirgan yosh yurtdoshimiz Facebook’da muhim lavozimda ish boshladi

#4. Sukerbergning Beast (talaffuzi: Bist) laqabli kuchugi bor. Beast venger ovcharkasi bo‘lib, Facebook'da 2 milliondan ortiq muxlisga ega.

#5. Yuqori maktabni tamomlashidan oldin Sukerbergga bir necha nufuzli kompaniyalardan ish taklif qilingan, biroq u Garvard Universitetida o‘qishga qaror qilgan. Vaholanki, keyinchalik Facebook’ka asos solgach, bor vaqtini tarmoqni rivojlantirishga sarflash uchun universitetdan ketgan.

#6. Facebook'ka asos solishidan oldin Sukerberg Fesmas nomli veb-sayt yaratgan.

O‘QING: Milliarder haqida milliardlarga teng faktlar

#7. Sukerberg bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Prissilla Chan bilan universitetda o‘qib yurgan paytda, bazmlardan birida tanishib qolgan. Prissilla, avvaliga, Markni o‘ta zerikarli odam bo‘lsa kerak deb o‘ylagan.

#8. Facebook rahbari 6 ta tilni mukammal biladi va bu tillarda ravon so‘zlasha oladi. Ular: fransuz, ibroniy, lotin, qadimiy yunon, mandarin va ingliz tillari. Mandarin tilini turmush o‘rtog‘ining oila a’zolari bilan muloqot qila olish uchun o‘rgangan.

#9. 2015 yil dekabr oyida Sukerberg va Prissilla umri davomida Facebook'dagi o‘zlariga tegishli aksiyalarning 99% ini boshqalarga topshirib yuborishga qaror qilganlarini e’lon qilgan.

#10. Sukerberg Twitter'da tasdiqlangan akkauntga ega emas. Biroq uning profiliga 467 mingdan ortiq foydalanuvchi ergashadi.

O‘QING: Facebook haqida 12 qiziq fakt

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.