Facebook boykot qilinishi ortidan Mark Sukerberg $7,2 mlrd. yo‘qotdi

  •   DiMaX
  •  440
  •  30.06.2020 08:05

Facebook boykot qilinishi ortidan Mark Sukerberg $7,2 mlrd. yo‘qotdi

Unilever Plc – jahondagi eng yirik reklama beruvchilaridan biri bo‘lib, yaqinda u Feysbukda reklama berishni boykot qilgandi. Shundan so‘ng Facebook kompaniyasi aksiyalari 8,3 %ga arzonladi, deya xabar bermoqda Bloomberg.

O‘QING: Facebook mobil ilovasi ko‘pchilik kutgan rejim bilan yangilanyapti

Xo‘sh, Facebook nima uchun boykot qilindi?

17 iyun kuni birdaniga bir nechta jamoat tashkilotlari faollari brendlarni Facebook'dagi reklamalarni to‘xtatishga chaqirdi. Ijtimoiy tarmoq yaqinlashib kelayotgan prezidentlik saylovlari arafasida namoyishchilarni qo‘zg‘ash, irqchilik, nafrat va noto‘g‘ri ma’lumot berish bilan yetarli darajada kurashmayotganini asosiy argument sifatida keltirildi.

Faollar, shu bilan birga, Feysbukdan tazyiq bo‘yicha shikoyatlar moderatsiyasini kuchaytirishni, nafrat uyg‘otuvchi reklamalarni avtomatik ravishda o‘chirishni va ekstremistik kayfiyatdagi guruhlar yopilishini talab qildi.

Facebook'ni boykot qilishga 10 dan ortiq yirik kompaniyalar qo‘shildi:

  • Unilever Plc
  • Coca Cola Co.
  • Honda Motor Co.
  • Hershey Co.
  • Diageo Plc
  • Pepsi Co
  • Verizon Communications Ins.
  • Levi Strauss & Co.
  • Diamond Foundry Inc.
  • Patagonia Inc.
  • Ben & Jerry's Homemade Inc.
  • Viber
  • The North Face
  • REI
  • Upwork Inc.
  • Eileen Fisher Inc.

O‘QING: Facebook mashhur servisni $400 mln.ga sotib olib, Instagram’ga qo‘shdi

Shuningdek, nafaqat brendlar, balki kompaniyaning o‘zi bilan ishlayotgan agentliklar ham bu kampaniyaga qo‘shildi. Yirik reklama agentliklardan biri o‘zining 50 dan ortiq mijozlariga bu ijtimoiy tarmoqda reklama bermaslikni tavsiya qildi.

Juma kuni Facebook kompaniyasining bozor bahosi 8,3%ga yoki $56 mlrd.ga arzonladi. Kompaniya asoschisi Mark Sukerbergning boyligi esa $82,3 mlrd.gacha tushib ketdi.

Darvoqe, yaqinda e’lon qilingan eng innovatsion kompaniyalar reytingida Facebook qaysi o‘rinda turishini bilasizmi? Tag‘in u koronavirusdan foyda olayotgan IT-kompaniyalar top-o‘ntaligiga ham kirgan. Kompaniya asoschisi Mark Sukerberg pandemiya davrida o‘z boyligini 25.3 milliard dollarga oshirib olgan. Lekin Telegram asoschisi Pavel Durov uni sudga bermoqchi bo‘lib yuribdi.

O‘QING: Facebook butkul bepul internetni ishga tushirdi!