Facebook Buyuk Britaniyaga jarima to‘laydi

Facebook Buyuk Britaniyaga jarima to‘laydi

Cambridge Analytica mojarosi sababli, Facebook Buyuk Britaniyaning Axborot Qo‘mitasi (AQ) tomonidan solingan 500 000 funt sterling miqdoridagi jarimani to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Kelishuvning bir qismi sifatida, Facebook javobgarlikka tortilmagan edi.

Facebook Cambridge Analytica borasida chuqurroq o‘rganish ishlarini ilgariroq olib bormaganidan afsusdaligini ma’lum qildi.

AQ rahbari o‘rinbosari Jeyms Dipl-Jonstoun, jumladan, quyidagilarni aytdi: “Britaniya fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari jiddiy xavf ostida qolganligi AQni xavotirga solayotgan asosiy masaladir. Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish nafaqat fuqarolar huquqlari poymol bo‘lmasligida, balki kuchli demokratiya himoyasida ham katta ahamiyatga ega".

Facebook advokati Gari Kinmonsning aytishicha, mojarodan so‘ng tarmoqda o‘zgarishlar qilingan va bu o‘zgarishlar dasturchilarning foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlariga kirish imkonini cheklashga qaratilgan. "Yevropalik Facebook foydalanuvchilari ma’lumotlari Cambridge Analytica qo‘liga yetib borganligining hech qanday isboti topilmaganini AQning o‘zi ma’lum qilgan. Biroq siyosiy maqsadlar uchun foydalanuvchilar ma’lumotlarini tahlil qilishga qarshi harakatlarida Qo‘mita bilan hamkorlik qilishga tayyormiz", deya qo‘shimcha qildi advokat.

Tadqiqotchi Doktor Aleksandr Kogan va uning GSR nomli kompaniyasi 87 millionga yaqin Facebook foydalanuvchilari ma’lumotlarini to‘plab olish maqsadida psixologik so‘rovnomadan foydalangan edi. Olingan ma’lumotlarning bir qismi Londondagi Cambridge Analytica kompaniyasiga berilgan.

AQ Facebook'ni foydalanuvchilar ma’lumotlarini himoya qilishga yetarli e’tibor qaratmaganlikda ayblagan.

O‘QING: Eng qimmat brendlar o‘ntaligi: Facebook nega undan chiqib ketdi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!