Facebook Dating – tanishuvlarga mo‘ljallangan maxsus ijtimoiy tarmoqni qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  1090
  •  09.09.2019 12:16

Facebook Dating – tanishuvlarga mo‘ljallangan maxsus ijtimoiy tarmoqni qarshi oling!

Dunyodagi eng ommabop ijtimoiy tarmoq yuzerlari undan romantik tanishuvlar maqsadlarida ham foydalanib kelishlari ma’lum. Kompaniya endi tanishuvlar uchun alohida – Facebook Dating platformasini ishga tushirdi.

O‘QING: Allamjonov: Facebook va Youtube'ni bloklaganlar qamoqda

Yangi ijtimoiy tarmoq Instagram hamda Facebook’ning o‘zi bilan birlashtirilgan, ya’ni, Facebook Dating foydalanuvchilari o‘z profillariga mazkur ikki tarmoqdan kerakli ma’lumotlarni qo‘sha oladilar. Shuningdek, foydalanuvchi o‘z postlarini, do‘stlarini va boshqalarni tanishuv platformasidagi profiliga import qilishi mumkin.

Bunday servis yaratish g‘oyasi haqida Mark Sukerberg o‘tgan yilning mart oyidayoq so‘z ochgan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, Facebook Dating uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatish va oila qurish istagida bo‘lganlarga mo‘ljallangan. Bunda foydalanuvchining asosiy Facebook tarmog‘idagi anketasi avtomatik tarzda tekshiriladi; allaqachon jufti mavjud bo‘lganlar yangi tizimdan foydalana olmaydilar.

O‘QING: Facebook foydalanuvchilardan o‘z yalang‘och rasmlarini jo‘natishlarini so‘rayapti!

Facebook’ning ta’kidlashicha, yangi tizim xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Foydalanuvchilar qoida buzilishi haqida moderatorlarga xabar berishlari, boshqa yuzerlarni bloklashlari, surat va havolalarni qayta jo‘natishni, shuningdek, pul o‘tkazmalarini cheklashlari mumkin.

Tanishuv ijtimoiy tarmog‘ida ma’qul kelgan kishining fotosurati yoki postini «layklash» mumkin. Shuningdek, umumiy qiziqishlar asosida guruhlar va voqealar tanlash imkoni mavjud. O‘zaro yozishmalar esa Secret Crush nomli alohida chatda olib boriladi; u faqat Facebook Dating doirasida ishlaydi va asosiy ijtimoiy tarmoq bilan hech qanaqasiga bog‘lanmagan.

Facebook Dating ayni damgacha AQSh, Kanada, Argentina, Boliviya, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Ekvador, Gayana, Laos, Malayziya, Meksika, Paragvay, Peru, Filippin, Singapur, Surinam, Tailand, Urugvay va Vetnamda ishga tushirilgan. Yevropalik foydalanuvchilar undan kelasi yili foydalana boshlashlari mumkin bo‘ladi, bizda qachon ishlashi hozircha noma’lum.

O‘QING: Facebook haqida 12 qiziq fakt

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!