Facebook endi gazetalarga pul to‘laydi

  •   DiMaX
  •  162
  •  03.03.2021 15:11

Facebook endi gazetalarga pul to‘laydi

Germaniyadagi gazetalarga Facebook pul to‘laydi:  ijtimoiy tarmoq qator nemis nashrlari bilan ularning kontentini Facebook News servisida yoritish uchun shartnoma tuzdi. Shu kelishuvning o‘ziyoq IT-gigant jahon jamoatchiligi bosimi ostida yon berishga majbur bo‘layotganini ko‘rsatmoqda, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Qizlar o‘smirni pichoqlab, qotillikni Facebook va Instagram’da jonli efirga uzatib maqtanishdi

Hammasi Avstraliyada boshlangandi — mamlakat hukumati yangi qabul qilgan qonun Facebook va Google kompaniyalariga mahalliy nashrlarning yangiliklarini chop etgani pul to‘lash majburiyatini yukladi. IT-kompaniyalar qarorni avvaliga keskin, salbiy qarshi olishdi, Google hatto Avstraliyada qidiruv servisini o‘chirish bilan po‘pisa qildi, keyin esa... yirik nashriyot – News Corp bilan bir necha yillik va bir necha yuz million dollarlik bitimga kelishdi.

Avstraliyadagi segmentida boshida yangiliklarga havolalarni e’lon qilishni taqiqlashga uringan Facebook ham uzoqqa bormadi, barcha OAVlarga milliard dollar ajratishga va’da berdi.

Avstraliyadan tashqari, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniyada ham texnogigantlar kamxarj yo‘llarni qidirish bilan ovora — shartnoma shartlarini o‘zlari qo‘yishsa va kamchiqim bo‘lsa.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda umuman kutilmagan ijtimoiy tarmoq 1-o‘ringa chiqdi! (+infografik video)

Biroq yirik nashriyotlar jim turgani yo‘q. Masalan, Germaniyada eng ko‘p sotiladigan Bild gazetasining egasi – Springer noshirlik uyi hech qanaqa shartnomaga qo‘l qo‘ymasligini, Facebook’ning shartlari kulgili ekanini bayon qildi.

Ijtimoiy tarmoqning munosabati hozircha ma’lum emas, biroq jurnalistlar va ekspertlarning taxminicha, Facebook o‘z kuchini namoyish etmasdan qo‘ymaydi va Springer ijtimoiy tarmoqdan badarg‘a qilinishi ham mumkin.

Noshirlarni bloklash va boykot qilish bilan qo‘rqitish muvaqqat chora, xolos. Aslida esa Mark Sukerbergning kompaniyasi hozir mushkulroq holatda: butun dunyodagi nazoratchi va monopoliyaga qarshi idoralar uning faoliyatini taftish qilishga zo‘r bergan.

O‘QING: Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!