Facebook gadjetlaridagi sirli «Masonlar bitiklari» foydalanuvchilarni cho‘chitib yubordi

  •   DiMaX
  •  1476
  •  15.04.2019 17:34

Facebook gadjetlaridagi sirli «Masonlar bitiklari» foydalanuvchilarni cho‘chitib yubordi

Oculus virtual reallik garnituralari – Facebook kompaniyasining ajoyib devayslaridan biridir. Lekin uning oxirgilaridan bo‘lmish Oculus Rift S modelidan xarid qilganlar sal cho‘chib qolishdi.

O‘QING: Xiaomi vitse-prezidenti Facebook’da virtual reallik yo‘nalishini boshqaradi

Gap shundaki, o‘n minglab Oculus Rift S egalari o‘z gadjetlarining kontrollerlarida kishini qo‘rqituvchi turli bitiklar borligini payqab qolishgan. Masalan: «Katta Og‘a seni kuzatmoqda», «Masonlar bu yerda bo‘lishdi», «Bu joy ijaraga beriladi» va «Salom, iFixit, biz sizni ko‘ryapmiz!» kabi yozuvlar.

Ushbu syurprizlar haqidagi xabarni Facebook’ning VR-bo‘linmasi rahbari va Oculus kompaniyasi hammuassisi Neyt Mitchell o‘zining Twitter-akkauntida e’lon qilgan. Uning yozishicha, mazkur yozuvlar aslida sinash uchun ishlab chiqarilgan prototiplargagina yozilishi kerak bo‘lgan. Lekin savdoga chiqariladigan Oculus Rift S garnituralarida ham bu bitiklar o‘chirilmasdan qolib ketgan.

Keyinroq Facebook matbuot kotibi Joana Pis ham chiqish qilib, bu borada kompaniyada ichki tekshiruv o‘tkazilganini va xatolik tuzatilganini, garnituralarning keyingi partiyalarida qaytarilmasligini aytgan.

Umuman olganda, «Masonlar bitiklari» mazkur gadjetlarning ishlashiga umuman ta’sir etmaydi. Oculus Rift S xaridorlarining ayrimlari mana shu gaplar tarqalganidan keyingina virtual borlik ko‘zoynagini jiddiyroq tekshirib, o‘sha yozuvlarni topgan. Ko‘pchilik mijozlar esa bunga hazilomuz yondashgan.

O‘QING: Vladimir Putin atigi 10 dollarlik VR-shlem yordamida virtual olamga sayohat qildi (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!