Facebook, Instagram va WhatsApp faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda

Facebook, Instagram va WhatsApp faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda

Facebook servislari faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda. Downdetector ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar Instagram va WhatsApp ham yaxshi ishlamayotganini ma’lum qilgan. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Facebook foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqqa kirishda muammolarga duch kelgan. Eng ko‘p shikoyatlar veb-sayt ochilmasligi (75 foiz), avtorizatsiya (15 foiz) va ma’lumotlar yuklanishi (10 foiz) bilan bog‘liq.

WhatsApp foydalanuvchilari ilova ishlamasligi (45 foiz), serverga ulana olmaslik (28 foiz) va xabar jo‘natishdagi muammolardan (26 foiz) shikoyat qilgan.

Instagram ilovasi (52 foiz), tarmoq veb-sayti ochilmasligi (29 foiz) bilan bog‘liq muammolar ham kuzatilmoqda. Downdetector ma’lumotlariga ko‘ra, serverga bog‘lanishda ham muammolar mavjud (19 foiz).

O‘QING: Instagram'da eng ko‘p folloverga ega akkauntlar TOP 20 taligi bilan tanishing

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!