Facebook logotipini o‘zgartirdi

Facebook logotipini o‘zgartirdi

Yangi logotip ona kompaniya bo‘lgan Facebook Inc. ni aks ettiradi.Kechagina Facebook Inc. Facebook, Instagram va WhatsApp'ga egalik qiluvchi ona kompaniyani o‘zida aks ettiruvchi yangi logotipini e’lon qildi. Logotip shunchaki "Facebook" so‘zidan iborat, lekin GIF'da bu so‘z turli ranglarda jilovlanishini ko‘rish mumkin. Bu ranglar uch brend — Facebook (ko‘k), WhatsApp (yashil) va Instagram (pushti) ni anglatadi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.Yangi logotip kelasi bir necha hafta ichida Facebook mahsulotlari va marketing materiallarida qo‘llanilishni boshlaydi. Facebook yaqin orada o‘z ilovalariga "Facebook'dan" jumlasini qo‘shishni rejalashtirayotganidan xabardor edik. Endi ma’lum bo‘lishicha, bunda an’anaviy ko‘k rangdagi so‘zdan emas, balki yangi logotipdan foydalaniladi.

Facebook Inc. shu kunga qadar butun kompaniyani ifodalash uchun ijtimoiy tarmoq nomidan foydalanib kelgan. Biroq 2004-yilda asos solingan kompaniya 15 yil muddat davomida o‘ta katta boylik qozondi. Aftidan, ona kompaniya o‘zini tarkibiy qismi bo‘lgan Facebook ijtimoiy tarmog‘idan farqlash kerak, deb hisoblay boshlagan.

Yangi logotipda odatiy tipografiyadan foydalanilgan, undan ko‘zlangan maqsad esa kompaniya (Facebook Inc.) va (Facebook) ilova(si) o‘rtasida vizual farqni yaratishdir.

Facebook'ning ta’kidlashicha, "Facebook'dan" so‘zini qo‘shilishdan maqsad kompaniya ilovalari umumiy infratuzilmaga egaligi va yagona jamoaga qarashli ekanligini foydalanuvchilarga bildirishdir. "Odamlar o‘zlari foydalanayotgan mahsulotlarni qaysi kompaniya ishlab chiqarganini bilishlari kerak", deb yozadi Facebook'ning marketing bo‘yicha direktori Antonio Lusio.

O‘QING: Facebook haqida 12 qiziq fakt

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.