Facebook Messenger’da maxfiy tungi rejim topildi, uni yoqishni o‘rganib oling!

  •   DiMaX
  •  1313
  •  04.03.2019 16:19

Facebook Messenger’da maxfiy tungi rejim topildi, uni yoqishni o‘rganib oling!

Android hamda iOS operatsion tizimlarining keyingi versiyalariga to‘qrang interfeysli tungi rejim joriy etilmoqda. Ammo ungacha ham dasturchilar o‘z ilovalariga shunday imkoniyatni qo‘shib borishmoqda.

O‘QING: Android 10 Q smartfoningiz quvvatini 50 foizgacha tejaydi!

Dunyodagi eng ommabop ijtimoiy tarmoqning xabar almashish ilovasi – Facebook Messenger ham keng qo‘llaniladi. Ushbu messenjerning iOS tizimi uchun ishlab chiqilgan variantida maxfiy Dark Mode rejimi mavjudligi aniqlandi.

«Tishlangan olmali» gadjetlar egalari Facebook Messenger ilovasidagi tungi rejimni quyidagi usulda faollashtirishlari mumkin:

1. Yarim oy aks ettirilgan emodzini birovga yuborasiz.

2. Jo‘natilganidan so‘ng emodzi ustiga bosasiz.

3. Qalqib chiqqan oynada Dark Mode rejimi topilganligi haqida xabar ko‘rinadi.

4. Ilova sozlamalariga o‘tasiz va tungi rejimni faollashtirasiz.

Agar shunda to‘qrang rejim ishga tushmasa, u holda Facebook Messenger’ni bir o‘chirib-yoqasiz – hammasi joyida bo‘ladi!

O‘QING: Har qanday saytni «tungi rejim»ga o‘tkazuvchi kengaytma ko‘zingiz nurini asraydi