Facebook Messenger hamda WhatsApp egasining o‘zi raqobatchi messenjerni ishlatishi fosh bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  1014
  •  08.04.2021 12:43

Facebook Messenger hamda WhatsApp egasining o‘zi raqobatchi messenjerni ishlatishi fosh bo‘ldi!

Kuni kecha biz Facebook ijtimoiy tarmog‘ida kuzatilgan keng ko‘lamli – 533 million nafar foydalanuvchilariga tegishli shaxsiy ma’lumotlarning sizib chiqqani haqida yozgan edik. O‘shanda uning asoschisi Mark Sukerbergning telefon raqami va boshqa ma’lumotlari ham tarqalib ketgan.

O‘QING: Prezident xalqqa o‘z Telegram va WhatsApp raqamlarini berdi: «Meni ham guruhingizga qo‘shib qo‘ying!»

Shu ma’lumotlar asosida axborot xavfsizligi sohasi mutaxassisi Deyv Uoker (Dave Walker) g‘alati faktni aniqlagan. Mark Sukerberg o‘z ijtimoiy tarmog‘ining Facebook Messenger ilovasidan ham, shu kompaniyasiga qarashli WhatsApp messenjeridan ham foydalanmas ekan!

Ekspertning aniqlashicha, Facebook rahbarining shaxsiy telefon raqami Signal messenjeridagi akkaunti bilan bog‘langan. Aytish kerakki, bu messenjer shifrlash texnologiyasi bilan himoyalangan bo‘lib, WhatsApp’ning raqobatchisi hisoblanadi.

Xabarga ko‘ra, Mark Sukerberg o‘z kompaniyasining WhatsApp messenjeridan emas, balki uning raqobatchisidan foydalanishini Facebook’dagilar izohlashmagan. Buyog‘iga yana bir ommabop messenjer – Telegram asoschisi Pavel Durovning yuqoridagi holat bo‘yicha kinoyali chiqishini kutish mumkin.

O‘QING: Facebook asoschisi haqida qiziqarli 10 ta fakt

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.