Facebook, Messenger, WhatsApp va Instagram millionlab qurilmalarda ishlamay qoldi

  •   DiMaX
  •  582
  •  05.10.2020 09:05

Facebook, Messenger, WhatsApp va Instagram millionlab qurilmalarda ishlamay qoldi

Mark Sukerberg kompaniyasi dunyodagi eng ommabop ijtimoiy tarmoqqa va boshqa bir necha servislarga egalik qiladi. Mazkur servislarning turli operatsion tizimlarga mo‘ljallangan ilovalari ham mavjud va ular o‘z vaqtida yangilanib kelmoqda.

O‘QING: iPhone hamda Android-smartfonlardagi eng ommabop o‘nta ilova (2020 yil sentyabr)

Lekin Samsung korporatsiyasiga qarashli Tizen operatsion tizimida ishlovchi qurilmalarda Facebook kompaniyasining ilovalari ishlamay qoldi. Ya’ni, ularda ijtimoiy tarmoqning asosiy ilovasi ham, uning Facebook Messenger hamda WhatsApp messenjerlari ham, Instagram ham ishlamayapti.

Mazkur dasturlar Tizen Store ilovalar katalogidan olib tashlangan. Allaqachon o‘rnatilgan gadjetlarda esa ilovani ochishga harakat qilinganida, bu dasturning qo‘llab-quvvatlanishi tugatilgani haqida xabar chiqyapti:

Aytish kerakki, Samsung o‘zining Tizen operatsion tizimini katta umidlar bilan boshlagan bo‘lsa-da, hozirda uni deyarli rivojlantirmay qo‘ygan. Kompaniya mazkur platformasini o‘z smartfonlari, televizor, smart-soat va maishiy texnika jihozlariga, buyumlar interneti toifasidagi gadjetlariga va hokazolarga o‘rnatgan edi.

Facebook ilovasi esa yillar davomida Tizen Store do‘konida yuklab olishlar bo‘yicha yuqori o‘rinlarda bo‘lib kelgan (ehtimol, katalogda tanlash imkoni uncha katta emasligi sabablidir).

O‘QING: Inha universitetini bitirgan yosh yurtdoshimiz Facebook’da muhim lavozimda ish boshladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!