Facebook Messenger’ga siz kutgan funksiya qo‘shildi!

  •   DiMaX
  •  553
  •  17.07.2020 12:47

Facebook Messenger’ga siz kutgan funksiya qo‘shildi!

Eng yirik ijtimoiy tarmoqqa egalik qiluvchi kompaniya Facebook ilovasini hamda uning messenjerini boyitishda davom etmoqda. Yaqinda uning mobil ilovasi ko‘pchilik kutgan rejim bilan yangilanishni boshlagan.

O‘QING: Zoom’ning endi keragi yo‘q: Facebook’ning bepul Messenger Rooms servisini qarshi oling! (+video)

Endi esa Facebook Messenger ilovasida yangi – Screen Sharing funksiyasi paydo bo‘ldi. Bu – mazkur ilova orqali videochat paytida smartfon ekranini suhbatdoshlarga namoyish etish imkoniyatidir.

Aytish kerakki, Screen Sharing funksiyasi 8 nafargacha kishi ishtirokidagi guruhli videoqo‘ng‘iroqlarda, shuningdek, Rooms servisidan foydalanib 16 nafargacha suhbatdosh qatnashayotgan videochatlarda ishladi. Dasturchilar keyinchalik bu imkoniyatni 50 kishigacha qatnashchisi bo‘lgan videochatlar uchun ham joriy etishmoqchi.

Yangi funksiya allaqachon barcha platformalardagi Facebook Messenger’ga, shu jumladan, veb-versiyasiga ham joriy etila boshlagan. Smartfoningizda mazkur ilovaning yangilanishlarini tekshirib turing.

O‘QING: Facebook boykot qilinishi ortidan Mark Sukerberg $7,2 mlrd. yo‘qotdi